Yangi paydo bo’lgan so’zlar” mavzusida bir soatlik Dars ishlanmasi Gurlan-2014 Sana



Yüklə 0,66 Mb.
tarix18.02.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#114560
5 ona tili yangi paydo bolgan sozlar


Aim.Uz



Gurlan tumani 42-Ayrim fanlar chuqur o’rgatiladigan

ixtisoslashtirilgan maktabi o’qituvchisi
Kamolova Mohiraning 5-“B” sinfda ona tili fanidan

Yangi paydo bo’lgan so’zlar” mavzusida bir soatlik



Dars ishlanmasi



Gurlan-2014



Sana: 17.04.2014.y

Sinf: 5-“B” sinf

Fan: Ona tili

Mavzu: “Yangi paydo bo’lgan so’zlar”

Maqsad:

a)ta’limiy maqsad:O’quvchilar ongida yangi paydo bo’lgan so’zlar haqida bilim va malakalar hosil qilish

b) tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni zamonaviylik ruhida tarbiyalash

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni izchillikka, mustaqil fikrlashga o’rgatish



Dars turi:Noan’anaviy

Dars jihozi: ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, plakat.rasmlar, kartochkalar.

Dars metodi: “Kim tez topadi?”, “Sehrli qasr sari”

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’quv qurollari va sinf xonasining tozaligini nazorat qilish, guruhlarga ajratish.

2.Uyga vazifani so’rash:

O’quvchilar o’tilgan mavzuni qay darajada yaxshi o’zlashtirganligini

Kim tez topadi?”usuli orqali bilib olamiz. Guruhlarga “Eskirgan so’zlar” mavzusiga oid o’qituvchi tomonidan tayyorlangan matn parchasi tarqatiladi.

O’quvchilar matn ichidan tarixiy va arxaik so’zlarni topishi lozim bo’ladi.

Uloqda”hikoyasi

Juvir-juvir boshlandi.O’rtoqlar bilan biz to’zimsizlanib,uloq boshlanishini kutamiz.Chavandozlar qaysisi to’nini chechmakda,qaysisi otining ayilini mahkamlamakda va qaybiri ulog’ga soliq bermakda edi.Akam ham shah sallasi bilanbeqasam to’nini manga berib,o’zi o’rtag’a ot o’ynatib ketdi.Endi uloqchilar ma’rakaga jurm bo’la bboshlag’an bo’lsalar ham, lekinhamon uloq boshlanmag’an edi.Butun tomoshachilar sabrsizlanib,”Uloqni so’yib bo’lmadimi?yaxlab qoldimi?deyishardi.



3.Yangi mavzu bayoni:

Zamon rivojlanishi bilan bizning tilimizdagi so’zlar ham o’zgarib boraveradi:

XV ASRDA



(Podshoh) (Shoh va vazir) (Darvoza)

Insoniyatning turmush tarzida ishlatadigan so’zlari:shoh,salla,to’n,vazir,lavx,qilich.



XX ASRDA



(Traktor) ( Raketa) (Avtobus)

(Dazmol) (Motasikl)

Insoniyatning turmush tarzida fan texnikaning rivojlanishi bilan kirib kelganishi yangi so’zlar: Traktor ,Raketa, Avtobu,Kombayn,Dazmol, Motasikl

Fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan tilda yangi paydo bo’lgan so’zlarga yangi paydo bo’lgan so’zlar deyiladi.Bu so’zlar hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turadi.



Yangi so’zlar ma’lum bir mavzular doirasida uchraydi:

Ta’lim sohasiga oid kirib kelgan yangi so’zlar:



(Kollej) ( Kompyuter) (Internet)

1.Gurlan tumanida yangi kasb-hunar kolleji ishga tushdi.

2.Kompyuterni yaxshi bilish zamon bilan hamnafas yurishdir.

Iqtisodga oid kirib kelgan yangi so’zlar:



(Biznes) (Telefon) (Auksion)

3.Shokir yangi biznesida katta foyda kutmoqda.

4.Dadam auksionga katta daromad qo’ydi.

Qishloq xo’jaligiga oid kirib kelgan yangi so’zlar:



(Fermer) (Tadbirkor)

5.Fermerlik sohasi juda og’ir sohalardan biri.

6.O’zbekistonda xususiy tadbirkorlarga keng yo’l ochilgan.

Siysatga oid kirib kelgan yangi so’zlar:



(Prezident) (Anjuman) (Broker)

7.Mahmud katta bo’lsa broker bo’lmoqchi.

8.Toshkentda navbatdan tashqari anjuman bo’lib o’tdi.

4.Mustahkamlash:

Y


Sehrli qasr sari”
angi mavzu “Sehrli qasr sari” usuli orqali mustahkamlanadi.



Savollar

1.Yangi paydo bo’lgan so’zlar deb nimaga aytiladi?

2.Yangi paydo bo’lgan so’zlar nimaga bog’liq bo’ladi?

3.Tilimizda yangi paydo bo’lgan bitta so’z ayting?

4.Ta’lim sohasdiga oid yangi so’zlarni sanang?

5.Biznesmen,marketing so’zlari qaysi sohaga doir?

6.Fermer,shirkat so’zlarini qatnashtirib gap tuzing?

7.Siyosatga oid kirib kelgan yangi so’zlarni sanang?

8.Kombayn,o’roq,qaychi hozirgi kunda qanday so’ deb o’ylaysiz?

9.Vazir so’zining ma’nosini ayting?

10.Broker so’zining manosini ayting?

11.Kompyuterga oid yangi uyadosh so’zlarni keltiring?

12.Telefonga oid yangi uyadosh so’zlarni keltiring?



5.Baholash.

Darsda o’z faolligi bilan qatnashgan guruh aniqlanadi va faol qatnashgan o’quvchilar baholanadilar.



6.Uyga vazifa berish:

Kompyuter, telefon, internet mavzulariga doir yangi so’zlarni topib ular ishtirokida galar tuzib kelish.
Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin