Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib



Yüklə 123,74 Kb.
səhifə9/12
tarix10.12.2023
ölçüsü123,74 Kb.
#139175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirishni kafolatlayapti;
yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.
Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.
Raqobatbardosh milliy iqtisodiyot, xususiy tadbirkorlik va mulk huquqi kafolatlari mustahkamlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanishi qat’iy belgilanmoqda. Bu fuqarolar farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkdorlar qatlamini kengayishiga xizmat qiladi.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi bo‘yicha qoida mustahkamlanmoqda. Mazkur norma mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga, investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekanligi belgilanmoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur qo‘shimchalar erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni asosiy mezonlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanishi mustahkamlanmoqda. Bu hol tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini noqonuniy cheklashni oldini olishga va mehnat resurslarining erkin harakatiga zamin yaratadi.

Yüklə 123,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin