Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


Mavzu Yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə14/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

6 Mavzu Yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy huquqlar.
Siyosiy huquqlar tushunchasi va turlari.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o’rinni egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog’liqdir. Siyosiy huquqlarga faqat davlat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan ma'lum yoshga yetgan fuqarolar ega bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar o‘rnatilishi mumkin (masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilanganligi). Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan ayrim cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsisyasining VIII BOB Siyosiy huquqlar deb nomlanib, 36-40 moddalarni o’ ichiga oladi


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga asosan,

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Mazkur moddada Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan biri xalq hokimiyatini amalga oshirish mexanizmlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari jamiyat va davlatni boshqarish jarayonida shaxsan o‘zlari yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishi mumkinligi belgilangan. Shuningdek, ushbu moddada jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish shakllari sifatida o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish ko‘rsatib qo‘yilgan. Jamoatchilik nazorati 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning o‘zida qayd qilinishicha fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirokini ta'minlovchi huquq eng avvalo saylov huquqidir.



Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin