7 Mavzu Yangi tahrirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
10- mavzu. Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar tushunchasi va turlari
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga bag’ishlangan. Ushbu tushunchalarni quyidagicha ifodalash mumkin:
Yodda tuting!
Iqtisodiy huquqlar – sohadagi inson faoliyatini yuridik jihatdan belgilovchi huquqlar majmuidir.
|
Yodda tuting!
Ijtimoiy huquqlar – insonlarning davlatdan muayyan yordam olishlariga imkon beruvchi ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordam olish kabi huquqlarning yig’indisi tushuniladi.
|
Fuqarolar, normal hayot kechirishi, tabiiy va ma'naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog‘ligini saqlash uchun tegishli imkoniyatlar bo‘lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasning IX bobi Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar deb nomlaning, 41-53 moddalarini o’z ichiga oladi.
41 modda “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb belgilangan.
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Bank sirini himoya qilish maxsus “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonun (bilan tartibga solingan. Unga ko‘ra bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo‘sinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish, bunday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi. Bank sirini oshkor qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Merosga egalik qilish huquqi Fuqarolik kodeksida batafsil tartibga solingan.
42 modda. “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”.
Mehnat kodeksida har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunda aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish, ishsizlik nafaqasi to‘lash tartibi belgilangan. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 kalendar hafta davomida to‘lanadi. Insonning munosib yashashi deganda, insonning yashash xarajatlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, kommunal, transport, aloqa va boshqa) qoplash, shuningdek ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishi tushuniladi. Homilador yoki bolasi bor ayollarning ishga joylashish huquqi konstitutsiyaviy kafolat sifatida belgilangan.
43 modda “Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag‘batlantiradi”, deb belgilangan.
Fuqarolarni ishsizlikdan himoyalash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ish beruvchilarga subsidiyalar, grantlar, kreditlar ajratiladi. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi sifatida kasbga o‘qitish markazlari tashkil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |