Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə21/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.
Shuni ham qayd etish joizki, inson huquqlari ta’limi – ta’limning uzviy qismi hisoblanadi. Binobarin, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ma’rifat va ta’lim yo‘li bilan inson huquq va erkinliklarining hurmat qilinishiga ko‘maklashishi zarurligi ta’kidlangan. Deklaratsiyaning 26-moddasida har bir inson ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, ta’lim inson shaxsini to‘la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog‘i lozimligi qayd etilgan. Shu normalardan ham yaqqol ko‘rinib turibdiki, ma’rifat va ta’lim – inson huquqlari jamiyatda hurmat qilinishini ta’minlashning eng muhim omillaridan sanaladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari bo‘yicha ta’limni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashda jahon miqyosida yetakchi rol o‘ynaydi. BMT shafeligida 1993 yilda Vena shahrida o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha butunjahon konferensiyasida inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ma’rifatga alohida e’tibor qaratilib, ko‘plab muhim takliflar ilgari surilgani va ular asosida keyingi 30 yilda muhim ishlar amalga oshirilgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Jumladan, 1994 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yil 1 yanvardan 2004 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim o‘n yilligi e’lon qilingan. Ushbu o‘n yillikni baholash natijasida 2004 yil 10 dekabrda Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturi qabul qilingan.
Jahon ta’lim dasturi inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha milliy sa’y-harakatlarni muayyan tarmoqlar va muammolarga yo‘naltiruvchi ketma-ket bosqichlardan iborat:
birinchi bosqich: 2005 – 2009 yillar – maktablarda inson huquqlari sohasidagi ta’lim jarayonlari qamrab olingan;
ikkinchi bosqich: 2010 – 2014 yillar – oliy ta’lim tizimi, shuningdek o‘qituvchi-murabbiylar va davlat xizmatchilari uchun inson huquqlari sohasidagi ta’limga bag‘ishlangan;
uchinchi bosqich: 2015 – 2019 yillar – ommaviy axborot vositalari vakillariga inson huquqlari sohasida ta’lim berilgan;
to‘rtinchi bosqich: 2020 – 2024 yillar – inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratilgan.
Shu ma’noda, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturi doirasida O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’limni takomillashtirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin