Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


mavzu Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə23/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

8 mavzu Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining kafolatlari hamda fuqarolarning burchlari
Fuqrolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta’minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar majmui kafolat hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 54 moddasiga ko’ra, Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.
Davlatning asosiy vazifasi huquq va erkinliklarni ta'minlashdir. Bu borada davlat o‘z zimmasiga katta mas'uliyat oladi. Buning uchun davlat tomonidan huquq va erkinliklarni ta'minlovchi qonunchilikni yaratilishi; huquq va erkinliklarni ta'minlovchi organlar tizimini o‘rnatilishi huquq va erkinliklarni ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. Barcha hokimiyat tarmoqlaridagi davlat organlarida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash vazifasi va vakolati mavjud.
Huquqiy davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashning eng asosiy va samarali vositasi huquq va erkinliklarni sud tomonidan ta'minlanishidir.
Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiyamizning 55-moddasiga ko’ra,

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.


.

Bu moddaning mazmuni ko‘rsatadiki, fuqarolar o‘zlarining har qanday huquq


va erkinliklarini himoya qilish uchun, sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Bunday huquq fuqarolarning huquqlari davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari tomonidan g‘ayri qonuniy xatti-harakat oqibatida buzilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Aholini himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish maqsadida esa, Asosiy qonunning 57-moddasida himoyaga muhtoj fuqarolarining huquqlari davlat himoyasida ekanligini qonuniy mustahkamlangan.
Bu moddani mazmuni shundan iboratki. Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar (turli toifadagi nogironlar) va yolgiz keksalar barcha huquq va erkinliklardan foydalanishdan tashqari, qo‘shimcha ravishda ularning huquqlari davlatning alohida himoyasidadir. Avval aytilganidek Konstitutsiyaning 19-moddasi fuqarolarning jinsidan qat'iy nazar qonun oldida tengligini o‘rnatgan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 58-moddasi. Gender tenglik (lotinchadan paritas – tenglik) — muvozanatli, ya’ni, hayotning Qizlar va erkaklarning teng huquqligini amalda ta'minlash maqsadida ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan va tadbirlar belgilangan. Bu esa jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatda fuqarolarning jinsidan qat’iy nazar, qonun oldida tengligini kafolatlaydi. Shuningdekbarcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar oʻrtasidagi tengligi hisoblanadi. 
, ularning hayotiy munosabatlarini tartibga soladi.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin