Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


-modda. Davlat xalq irodasini ifoda yetib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə4/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

2-modda. Davlat xalq irodasini ifoda yetib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.
Davlat va fuqaro munosabatini tashkil etishda mazkur modda eng asosiy printsip hisoblanadi. Konstitutsiyaning barcha normalari mazkur qoidaga mos boʼlib, uni roʼyobga chiqarishga qaratilgan. Masalan, davlat tomonidan uzluksiz taʼlim, sogʼliqni saqlash, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega boʼlishning kafolatlanishi shular jumlasidandir. Davlatning xalq irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, keyingi jumlada yanada aniqlashtirilib davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida masʼul ekanligi belgilanmoqda. Bu norma har bir davlat organi, parlament, sud, ijro hokimiyati va ulardagi mansabdorlar oʼzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda fuqarolarimiz oldida masʼulligini anglatadi.
3-modda. Oʼzbekiston Respublikasi oʼzining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.Oʼzbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va boʼlinmasdir.
Davlat mustaqilligi unga oʼzining milliy davlat tuzilishini, maʼmuriy hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini mustaqil, xalq xohish-irodasidan kelib chiqib hal etish imkoniyatini beradi. Konstitutsiyamizda belgilangan ushbu norma asosida Oʼzbekiston ham oʼzining maʼmuriy-tuzilishini mustaqil belgilagan. Konstitutsiyamizning 83-moddasida Oʼzbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʼiston Respublikasidan iborat ekanligi mustahkamlanib qoʼyilgan. Shuningdek, maʼmuriy hududiy birliklarni tartibga solish boʼyicha alohida qonun mavjud boʼlib, unga koʼra Oʼzbekistonning maʼmuriy hududiy tuzilishi Respublika hududining yaxlitligi va boʼlinmasligiga asoslanadi.
Konstitutsiyamizning 11-moddasida esa Oʼzbekiston davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi printsipiga asoslanishi mu

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin