Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


-modda. Oʼzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil yetadi



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə7/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

8-modda. Oʼzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil yetadi.
Konstitutsiyaning 7-moddasida xalq hokimiyatning birdan bir manbai ekanligi haqida gapirib oʼtgan edik. Tabiiy savol paydo boʼladiki, xalq deganda kimlar nazarda tutilmoqda? Konstitutsiyaning 8-moddasida esa ushbu savolga aniq javob berilmoqda, Oʼzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Oʼzbekiston koʼp millatli davlat, shunga koʼra uning fuqarolari ham turli millatlardan tashkil topgan, Konstitutsiyaning 8-moddasi ularning qonun oldida barcha fuqarolar kabi teng huquq va erkinliklarga ega boʼlishini anglatadi.
9-modda. Jamiyat va davlat hayotining yeng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim yetiladi, umumxalq ovoziga — referendumga qoʼyiladi.
Davlat hayotidagi barcha muhim masalalar dastlab xalq muhokamasiga qoʼyilib, soʼngra umumxalq ovozi bilan qabul qilinish jarayoniga misol sifatida 2023 yil 30 aprelda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilish boʼyicha oʼtkazilgan referendumni keltirish mumkin. Konstitutsiya loyihasi dastlab keng jamoatchilik takliflari asosida ishlab chiqilib, shundan soʼng umumxalq ovozi – referendum asosida qabul qilindi. Referendum oʼtkazish esa 2001 yil 30 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasining Referendumi toʼgʼrisida”gi Qonuni bilan tartibga solingan. Oʼzbekiston Respublikasida referendum oʼtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi va Oʼzbekiston Respublikasida tarixida 1991 yil 29 dekabrda 1991 yil 31 avgustda Mustaqillik asoslari toʼgʼrisidagi konstitutsiyaviy qonuni toʼgʼri qabul qilinganligini 1995 yil 26 mart Prrzident vakolat muddatini 2000 yilga qadar uzytirish. 2002 yil 27 yanvarda Parlamentni 2 palatali va Prezident vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga oʼzgartirish hamda 2023 yil 30 aprellarda referendumlar bb oʼtgan
10-modda. Oʼzbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Oʼzbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli yemas.
Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy koʼrinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi boʼlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Prezident davlat boshligʼidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlaydi. Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi. Konstitutsiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qoʼyilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham koʼrsatib qoʼyilgan.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin