Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


-modda. Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro yetuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi prinsipiga asoslanadi



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə8/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

11-modda. Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro yetuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi prinsipiga asoslanadi.
Davlat hokimiyatining boʼlinish printsipi davlatning demokratik va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlanishi uchun eng asosiy tayanchlardan biridir.
Sababi hokimiyatning yagona shaxs yoki organ qoʼlida toʼplanishi muvozanatni buzadi. Аyni shu muvozanatni barqarorligini taʼminlash uchun hokimiyatning boʼlinish printsipi konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlangan. Konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlis tomonidan, ijro etuvchi hokimiyat – Vazirlar Mahkamasi tomonidan, sud hokimiyati esa – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud tomonidan olib boriladi. Mazkur organlarning faoliyati Konstitutsiya hamda alohida qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan.
12-modda. Oʼzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʼrnatilishi mumkin yemas.
Jamiyatdagi xilma-xillik ijtimoiy munosabatlarda va barqaror rivojlanishda muhim omil hisoblanadi.Konstitutsiyada mafkura va fikrlarning xilma-xilligining belgilanishi huquqiy davlatga xos xususiyatdir.Jamiyatda turli xil qarashlar, mafkuralar mavjud, masalan axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy. Ularning hech biri davlat mafkurasi sifatida oʼrnatilmaydi.Bu qoida har kimning fikr erkinligi huquqiga ega ekanligining asoslaridan biri hisoblanadi.
13-modda.Oʼzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʼra inson, uning hayoti, yerkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va yerkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Demokratiyaning umumeʼtirof etilgan printsiplari boʼlib, Oʼzbekistonda demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanishi, unda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat ekanligi mustahkamlangan.Eng oliy qadriyat sifatida inson va uning huquqlari deb eʼtirof etilishi Konstitutsiyaning barcha normalari inson va uning huquqlari uchun xizmat qilishini anglatadi.Konstitutsiya va qonunlar bevosita fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklari himoyasini taʼminlaydi.
14-modda. Davlat oʼz faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini taʼminlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Barqaror rivojlanish deganda – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirish, adolatli va barqaror jamiyat qurish tushuniladi.
Qonuniylik – jamiyatdagi barcha munosabatlar qonuniy asoslar bilan hal qilinishini anglatadi.
Ijtimoiy adolat printsipi Oʼzbekistonda ijtimoiy himoya davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri ekanligini bildiradi.
Ijtimoiy birdamlik – ijtimoiy davlatning muhim belgisi sifatida jamiyatni birlashtiradigan va mustahkamlaydigan, insonlarni umumiy maqsad yoʼlida safarbar qiluvchi, insonlar oʼrtasida oʼzaro bogʼliqlikni taʼminlashga qaratilgan munosabatlar, jamiyatni birgalikda rivojlantirish printsipidir.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin