III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 15-modda. Oʼzbekiston Respublikasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʼzsiz tan olinadi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga yega, toʼgʼridan toʼgʼri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil yetadi. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof yetilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda Oʼzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Agar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʼzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʼllaniladi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan printsip va normalari bilan bir qatorda Oʼzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Аgar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʼzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʼllaniladi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”. Konstitutsiyaning eng asosiy yuridik xususiyatlaridan biri – uning oliy yuridik kuchga ega ekanligidir. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega deganda – qonunchilik hujjatlarining tizimida (ierarxiyasida) eng yuqori oʼrinda turishi hamda uning boshqa har qanday normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi tushuniladi. Konstitutsiyaning toʼgʼridan-toʼgʼri amal qilishi – davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, sudlar tomonidan Konstitutsiya normalarini huquqni qoʼllash amaliyotida bevosita qoʼllagan holda qarorlar qabul qilish, fuqarolarning Konstitutsiya normalaridan toʼgʼridan-toʼgʼri foydalanishi va rioya etishini koʼzda tutadi.Qonunchilik hujjatlariga Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari kiradi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ekanligi uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yoʼnalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon boʼladi.
Konstitutsiyaning toʼgʼridan toʼgʼri amal qilish va muhozasi qanday taʼminlanadi?
Mamlakatning taraqqiyoti Konstitutsiyaviy tuzum barqarorligiga, u esa Konstitutsiyani amal qilishiga toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliq. Shuning uchun davlatlar Konstitutsiya qabul qilish bilan cheklanmay, unga amal qilishni taʼminlash choralarini koʼradilar. Bu birinchi navbatda Konstitutsiyalarda ularning normalari hamma uchun birday amal qilishini belgilab qoʼyilganligida koʼrinadi. Bundan tashqari konstitutsiyaning amal qilish va muhofazasini taʼminlash maqmsadida alohida davlat organlari tuziladi. Ularning mazkur faoliyati konstitutsiyaviy nazorat deb nomlanadi.
Konstitutsiyaviy nazorat – davlat hokimiyati organlari faoliyati va normativ-huquqiy hujjatlari Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish iborat faoliyatdir.
Xorijiy mamlakatlarda konstitutsiyaviy nazorat faoliyatining amalga oshiriruvchi davlat organlari uch guruhga ajratiladi. Jumladan, birinchi guruh umumiy yurisdiktsiya sud organlari (АQShning Oliy sudi), ikkinchi guruh konstitutsiyaviy yustitsiya organlari (Evropa sudlari jumladan, Germaniya federativ Konstitutsiyaviy sudi) va kvazi sud organlari (Frantsiyaning Konstitutsiyaviy Kengash).
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-16-moddalari amaldagi Konstitutsiyaning amal qilish va muhozasini taʼminlovchi konstitutsiyaviy normalar hisoblanadi.
Oʼzbekistonda konstitutsiyaviy nazorat faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizda Konstitutsiyaviy sud maqomi va faoliyatiga oid konstitutsiyaviy normalar belgilangan
Savol: Sizningcha konstitutsiya nazariyasiga yana qanday tushunchalarni kiritish mumkin? Fikringizni huquqshunos olimlar yoki xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi bilan asoslang?
16-modda. Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʼzbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi boʼlimida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin yetilishi mumkin yemas. Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro yetish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʼlishi mumkin yemas. Konstitutsiyaning birinchi boʼlimida belgilangan asosiy printsiplar, Oʼzbekiston siyosiy-huquqiy tizimining asosiy ustunlari sifatida namoyon boʼladi. Shunga koʼra, mazkur moddada Konstitutsiyadagi boshqa normalar davlat manfaatlariga zarar yetkazmasligi qatʼiy belgilangan.Shuningdek, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari faqat Konstitutsiyaga asosan qabul qilinishi kerak, ularda Konstitutsiyaga zid birorta norma boʼlishi mumkin emas.