Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko’ra



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə15/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko’ra “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”.
Davlat xizmatiga kirishda teng huquqlilik – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek, boshqa barcha davlat organlarida xizmatiga kiruvchi fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi tushuniladi.
Bu davlat xizmatiga kirishda nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanishi orqali amalga oshiriladi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 28 moddasida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish bilan bog‘liq cheklovlar belgilangan. Unga ko‘ra, quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi:
▫️18 yoshga to‘lmaganlar;
▫️sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
▫️sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
▫️korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
▫️og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
▫️tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasiga ko’ra “Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”.
Ushbu moddada fuqarolarga ijtimoiy faolliklarini ommaviy tadbirlar, xususan mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Mazkur qoida bilan O‘zbekiston hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish hamda ularning ishtirokchilari, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish obyektlari ma’muriyatlarining, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya bo‘linmalari, shuningdek, davlat boshqa organlarining ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari va huquqlari tartibga solingan.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin