Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


modda. “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə19/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

47 modda. “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi. Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi”.
Uy-joyga ega bo‘lish huquqi shaxsning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Undan mahrum qilish sud qarori asosida amalga oshiriladi. Uy-joyi jamiyat va davlat e’tiyoji uchun olib qo‘yilgan shaxslarga ko‘rgan zarari to‘liq qoplab berilishi shart.
Bunda sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi mulkdorning erki-xohishidan qat’i nazar, majburiy tarzda bekor bo‘layotganda qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqini bekor bo‘lishiga sabab bo‘luvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida obyektiv tarzda ko‘rib chiqiladi.
Davlat tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari va va aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga subsidiya berish tizimi joyiy etilgan. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar, “Mehribonlik uylari” bitiruvchilari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48- moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli”, deb yozib qoʻyilgan. Bu albatta, aholi salomatligini saqlashga qaratilgan eʼtibordir.
Bu borada mamlakatimizda dastlabki qadamlar qoʻyilgan. Davlat hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatni rivojlantirish maqsadida yurtimizda ixtisoslashgan tibbiyot markazlari, ularning yuzdan ortiq filiallari samarali faoliyat olib bormoqda. Bularning barchasi fuqarolarning sogʻligʻini saqlashga qaratilgan amaliy choralardir. Konstitutsiyaga kiritilayotgan yana bir yangi normaning ahamiyati shundaki, davlat oʻz fuqarolarining moddiy ahvolidan qatʼi nazar kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan qamrab olinishini kafolatlaydi. Bu bilan davlat fuqarolar, ayniqsa, moddiy va yashash sharoiti ogʻir boʻlgan fuqarolarning sogʻligʻini saqlashni, ularga zarur darajada gʻamxoʻrlik koʻrsatish, koʻmak berilishini oʻz zimmasiga oladi. Bir soʻz bilan aytganda, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda xalqimiz salomatligi davlat himoyasida ekanligi qatʼiy belgilab qoʻyilmoqda. Umumxalq referendumida xalqimiz salomatligining kafolati boʻlgan Konstitutsiya qonun loyihasini barcha yurtdoshlarimiz qoʻllab-quvvatlaydi.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin