Yodda tuting!
O’z huquqlari hamda erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarni birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasi hisoblanadi.
|
Bu tashkilotlarning samarali faoliyatidan fuqarolar ham, davlat ham manfaatdor. Jamoat birlashmalari kishilarni siyosiy qarashlari (siyosiy partiyalar), faoliyati yo‘nalishiga (kasaba uyushmalari), jinsiga (xotin-qizlar qo‘mitalari), yoshiga (Kamolot), qobiliyati, kasbiga (yozuvchilar, arxitektorlar ittifoqlari) qarab birlashtiradi.
Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘rtta siyosiy partiya va ko‘plab boshqa jamoat birlashmalari mavjud va ular qonuniy ravishda jamoat birlashmalari sifatida e'tirof etilgan.
Barcha jamoat tashkilotlariga xos xususiyat – bu ularga a'zolikni ixtiyoriyligidir. Eng yirik jamoat birlashmalari – Kasaba uyushmalari va Siyosiy partiyalar qanday manfaatni ko‘zlab tuzilishi, vazifasi, siyosiy hayotda qanday ishtirok etishi Konstitutsiyani o‘zida alohida mustahkamlab qo‘yilgan (Konstitutsiyaning 72, 73-moddalari).
§ 2. Siyosiy partiyalarning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi
Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy-siyosiy tusdagi munosabatlarda qatnashuvchi tashkilotlardan iborat. Siyosiy tuzumning ajralmas tarkibiy qismi va uning asosiy bo’g’inlaridan biri esa siyosiy partiyalardir.
Yodda tuting!
Dostları ilə paylaş: |