Yangi tarix tushunchasi


O.Kromvel protektoratining o’rnatilishi



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə3/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
jahon tarix

O.Kromvel protektoratining o’rnatilishi.


Oliver Kromvel (1599-1658). Kromvel o’z mablag’idan intizomli va jangovar otliq askarlar otryadini tuzdi. U dehqonlardan g’ayratli, jangga otilib kiradigan va intizomga ongli ravishda bo’ysunadigan kishilarni tanlab oldi. Kromvel otryadi zo’r jangovarlik ko’rsatdi va “temir biqinlilar” degan nom oldi. 1644 yil iyuldagi jangda uning otryadi jang taqdirini hal qiluvchi g’alabaga erishdi. Kromvel armiyani Yangi tartibda tuzishni taklif etdi, lekin parlament bunga rozi bo’lmadi. 1645 yil yanvarda parlament armiyani isloh qilishning Kromvel taklif etgan rejasini qabul qildi. 1648 yil avgustda Kromvel shotlandlarni mag’lubiyatga uchratdi, sentabrda Edinburg ishg’ol qilindi. 1649 yil bahoriga kelib “haqiqiy leveller”larning harakati avj olib ketdi. Levellerlar qonuniy yo’llar bilan islohotlarni amalga oshirish imkoniyati yo’qligini ko’rishgach, 1649 yil bahorida Solsberida qo’zg’olon ko’tardilar. Boshqa joylarda ham ularni qo’llab-quvvatlovchilar topildi. Kromvel va Ferfaks qo’zg’olonchilarga qarshi eng yaxshi harbiy qismlarni tashladilar. Natijada 1649 yil kuziga borib Angliyada levellerlar harakati batamom tugatildi. Kromvel 1649 yil iyulda o’z armiyasi bilan Irlandiyaga hujum boshladi. 1650-1651 yillarda u shotlandlarni qattiq mag’lubiyatga uchratdi. Kromvelning Shotlandiya va Irlandiyada erishgan g’alabalari uning obro’sini oshirib yubordi. 1653 yil dekabrda Angliyada Yangi Konstitutsiya – “Boshqaruv vositasi (quroli)” qabul qilindi. Unga binoan O.Kromvel Angliya, Shotlandiya va Irlandiyaning umrbod lord-protektori (homiysi, himoyachisi) mansabini egalladi. 1654 yilda Yangi konstitutsiyaga muvofiq saylangan birinchi parlament ish boshladi. Bu parlamentda ham Kromvelning harbiy diktuturasiga qarshi bo’lgan muxolifat mavjud edi. Ular armiyadagi askarlar sonini ikki marta qisqartirishni talab qilib chiqdilar. Shundan keyin Kromvel parlamentni tarqatib yubordi va mamlakatni bir yilcha parlamentsiz, 18 oliy generaldan tashkil topgan Davlat kengashiga tayanib boshqardi. Angliyaning faol tashqi siyosat yuritishi natijasida jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo’ldi. 1654 yilda Kromvel Gollandiya va Portugaliyaga qarshi urushni g’alaba bilan tamomlagach, Ispaniyaga qarshi urush olib bordi va 1655 yilda ispanlarning mustamlakalariga hujum boshlab, Yamayka orolini bosib oldi. Kromvelning Ispaniya mustamlakalarini bosib olish uchun olib borgan kurashi bilan XVIII asrdagi Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solingan edi.Urushni davom ettirish uchun mablag’ etishmay qolganligi sababli 1656 yilda yana parlament chaqirishga to’g’ri keldi, bu parlament o’ziga xos tiklash (restavratsiya) siyosatini yurgizdi. Parlament Kromvelga Angliyada lordlar palatasi, qirol hokimyati va davlat cherkovini tiklashni taklif etdi va Kromvelni qirol bo’lishga chaqirdi. Lekin respublikachilik ruhi kuchli bo’lgan armiya ham, oliy tabaqa generallar ham Kromvelning tojni qabul qilishiga qat’iy norozilik bildirdilar. 1657 yilda lordlar palatasi tiklandi.Kromvel hukmronligining oxiri katta harbiy yutuq – Ispaniya armiyasining tor-mor qilinishi bilan nishonlandi, Denkerk bosib olindi. Lekin Kromvel ingliz qo’shinlari qozongan g’alaba samaralaridan foydalanishga ulgurmay, 1658 yil sentabrda vafot etdi.

Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin