Yangi tarix tushunchasi


-1711 YILLARDAGI OZODLIK URUSHI



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə9/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
jahon tarix

1701-1711 YILLARDAGI OZODLIK URUSHI.

1701 yilda Ispan merosi uchun urush boshlandi va unga deyarli barcha Yevropa davlatlari tortildi. Bir yildan keyin Avstriyaga ikki frontda – Frantsiyaga qarshi va uning ittifoqchisi bo’lgan Vengriyaga qarshi urush olib borishga to’g’ri keldi. Gabsburglarga qarshi qaratilgan Yangi harakatga turklarga va Avstriyaga qarshi ko’p sonli urushlarda ishtirok etib o’zini ko’rsatgan Transilvaniya knyazlarining vorisi 25 yoshli Ferents Rakotsi (1676-1735) rahbarlik qildi. Rakotsi 1703 yilda kurash olib borib, mamlakatning katta qismini avstriyaliklardan ozod qildi. Uning armiyasi 1704 yilda Avstriya chegarasiga etib kelib, Venaga xavf sola boshladi.


1705 yilda Rakotsi Davlat kengashini chaqirib, Gabsburglarni Vengriya konstitutsiyasini buzishda aybladi, Avstriya taxtiga Leopold I o’rniga kelgan imperator Iosif I ni qirol sifatida tan olishdan bosh tortdi. Rakotsi Vengriyaning hukmron knyazi deb e’lon qilindi. Rakotsi vengr milliy davlatini qurishga kirishdi. Muhim davlat ishlarini hal qilish uchun senat va iqtisodiy kengash joriy qilindi, milliy pul – mis tangalar zarb qilina boshlandi. Rakotsi qaram dehqonlarning taqdirini yaxshilashga harakat qildi. 1708 yilda urush oxirigacha armiyada xizmat qilgan qaram dehqonlarni ozod qilish to’g’risida farmon chiqardi. Vengriya tarixida dvoryanlar birinchi marta soliqqa tortildilar. Rakotsi mamlakat ichidagi siyosiy vaziyat yomonlashgan bir davrda kuchli ittifoqchi yordamiga muhtoj edi. Bunday sharoitda Rossiya ana Shunday ittifoqchi bo’la olardi. 1707 yilda knyaz Pyotr I bilan ittifoq tuzdi, elchilar almashildi, knyaz rus-frantsuz muzokaralarida vositachi bo’ldi. 1708 yilda boshlab Rakotsidan harbiy yutuqlar ham yuz o’gira boshladi. 1713-1714 yillardagi Utrext va Rashtat sulhlari bilan o’z yakuniga etgan Ispan urushi Avstriyaning Ispaniyani va ispan Amerikasini qo’lga kiritish umidini batamom yo’qqa chiqardi. Lekin Gabsburglar Italiyada Sardiniya, Milan, Mantuya, Mirandolani, Ispan Niderlandiyasini (hozirgi Belgiya), Reynda bir qator hududlarni qo’lga kiritdi. Avstriya 1716-1718 yillarda Usmoniylar imperiyasidan Vengriya hududining so’nggi qismi bo’lgan Banatni, Shuningdek Serbiyaning Belgarad bilan birgalikdagi bir qismini, Bosniya va Valaxiyaning bir qismini tortib oldi. Bu bilan Avstriya Gabsburglari imperiyasi XVIII asr boshida o’zining butun tarixidagi eng katta hududlarga ega bo’ldi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin