Yangi tarix tushunchasi


AQSHNING X1X ASR 1-YARMIDAGI TARAQQIYOTI



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə15/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
jahon tarix

AQSHNING X1X ASR 1-YARMIDAGI TARAQQIYOTI.

1803 yilda AQSH 15 million dollarga Frantsiyadan Missisipi daryosidan g’arbda joylashgan Luizianani sotib oldi, natijada AQSHning hududi deyarli 2 marta kengaydi. AQSH Florida yarim orolini egallagan kuchsiz Ispaniya bilan hisoblashib o’tirmadi va 1810-1818 yillar davomida Floridani bosqichma-bosqich bosib oldi. Natijada 1819 yilda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur bo’ldi. AQSH butun G’arbiy yarim shar xalqlari taqdiri ustidan hukmron bo’lishni ko’zlab, 1823 yilda Monro doktrinasini e’lon qildi. Bu doktrinaning mohiyati shundan iborat ediki, AQSH Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi va umuman Amerika qit’asidagi voqealarga aralashishiga qarshi edi. AQSH umuman Lotin Amerikasidagi mustaqillik uchun olib borilayotgan kurashni yoqlagani holda, oradan 20 yilcha o’tib o’zining eng yaqin qo’shnisi Meksikaga qarshi urush boshladi. AQSHning janubiy shtatlaridan chiqqan quldorlar Meksika hukumatidan Texas prpovintsiyasida xo’jalik yuritish uchun juda arzon baholarda yer sotib oldilar va amalda uni bosib oldilar. Amerikalik quldorlar 1836 yilda Texas provintsiyasini “mustaqil” respublika deb e’lon qildilar. Bu esa AQSH bilan Meksika o’rtasida urush chiqishiga olib keldi (1836-1848).


Urush AQSHning to’la g’alabasi bilan yakunlandi. Meksika Texasdan tashqari Kaliforniya, Arizona va Yangi Meksikadan, ya’ni o’z hududining yarmidan ajraldi va tovon sifatida 15 million dollar oldi. Yevropa davlatlari, eng avvalo Angliya AQSHning bu hatti-harakatlaridan qattiq norozilik bildirdilar, lekin Sharqdagi mustamlaka masalalari bilan band bo’lgan bu davlatlar Amerikadagi voqealarga katta e’tibor bermasdilar. AQSHning eng so’nggi qo’lga kiritgan eng yirik hududi 1867 yilda Rossiyadan 7,2 mln. dollar evaziga sotib olgan Rus Amerikasi (Aleut orollari va Alyaska) bo’ldi.


AQSHda ikki partiyali tizimning shakllanishi.

AQSHda hokimyat vakillik organlariga ma’lum bir siyosiy guruhlar, platformalarning nomzodlarini saylab qo’yuvchi 2 partiyali tizim shakllandi. 1828 yildagi prezident saylovlarida o’zining hindularga qarshi urushlarda ishtiroki bilan tanilgan general Endryu Jeksonni saylash uchun birlashdilar. Plantatsiya egalari Jeksonni Janubdagi qulchilik bilan Shimoldagi yollanma mehnat va fermerchilikni murosaga keltiruvchi shaxs deb bildilar. Jekson tarafdorlari o’zlarini demokratik partiya deb atay boshladilar, bu partiya 1828 yilda tashkil topgan deb hisoblanadi.


Jekson prezidentligi davrida (1829-1837) bojxona tariflari ancha pasaytirildi va omma ichida salbiy fikr uyg’otgan AQSH Markaziy banki tugatildi. Janubga qat’iy ravishda qarama-qarshi turgan Respublikachilar partiyasi yangi siyosiy kuch bo’lib maydonga chiqdi. Bu partiya 1854 yilda Chikagoda tashkil topdi. Uning yetakchisi Avraam Linkoln qul negrlarni ozod qilish va tub agrar islohot o’tkazish orqali amerikacha demokratiya asoslarini sezilarli darajada kengaytirdi. Prezidentlikga nomzodlarni ko’rsatuvchi asosiy partiyalardan tashqari mamlakatda mayda, uncha muntazam bo’lmagan siyosiy birlashmalar ham bor edi. Tarkibida ko’pgina muhojirlar bo’lgan Amerika “ishchilar partiyalari” asosan dastlab 10 soatlik, keyinchalik 8 soatlik ish kuni, ish haqini oshirish, “mehnat odamlariga” yer berilishini ta’minlash kabi an’anaviy talablar bilan chiqardilar. AQSH yagona davlat bo’lgani bilan unda ikki xil tuzum – qulchilik va erkin kapitalizm yonma-yon yashardi, Shimoliy shtatlarning konstitutsiyasi qulchilikni taqiqlab qo’ygan edi. Shimol burjuaziyasi, hunarmandlari va fermerlarining bir qismi 1848 yilda Buffalo shahrida angi partiya – frisoylyerlar partiyasini tashkil qildilar (“fri soyl” – ozod yer). Ishchilar va negrlar ham bu partiyada ishtirok qilardilar.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin