Yangi tarix tushunchasi


FRANSIYADA IYUL MONARXIYASI



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə20/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
jahon tarix

FRANSIYADA IYUL MONARXIYASI

Frantsiyada Burbonlar sulolasi ikkinchi marta qayta tiklangach, reaktsiya avj oldi. 1815 yil avgustda Yangi deputatlar palatasi saylandi, bu ultraroyalistlardan tashkil topgan juda reaktsion palata edi. Qirolning o’zi ham bu palatadan norozi edi va Yangi inqilobning oldini olish uchun 1816 yilda palata tarqatib yuborildi. 1830 yil 26 iyulda bu ordononslar matbuotda e’lon qilindi. Parijda qurolli qo’zg’olon boshlandi. Ko’chalarda barrikadalar qurildi. Ishchilar, talabalar qo’llariga qurol oldilar, ularga sobiq Milliy gvardiyachilarning bir qismi qo’shildi. Askarlarning bir qismi ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tdi. Hukumat qo’shini bilan to’qnashuvlar boshlandi. 29 iyulda qirol saroyi qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. Karl X Angliyaga qochdi. «Shonli uch kun» ichida (1830 yil 27-29 iyul) inqilob g’alaba qozondi.


Deputatlar palatasi a’zolari Burbonlar sulolasini boshqa sulola bilan almashtirish kerakligi to’g’risidagi xulosaga keldilar. 1830 yil 9 avgustda gertsog Lui Filipp Orleanskiy Frantsiya qiroli deb e’lon qilindi. Iyul inqilobi dvoryanlar monarxiyasini burjuaziya monarxiyasi bilan almashtirdi. Mamlakatda Iyul monarxiyasi o’rnatildi (1830-1848).
Frantsiyada respublikachilar partiyasining zaifligi sababli hokimyatni yirik moliyachilar guruhi egallab, respublika o’rnatilishiga yo’l qo’ymadilar.
Avgustda «1814 yil Xartiyasi»ga qaraganda ancha liberal bo’lgan «1830 yil Xartiyasi» qabul qilindi. Burjuaziyaning dvoryanlar ustidan qozonilgan g’alabasi Iyul inqilobining asosiy yakuni bo’ldi. Lekin 1830 yildan 1848 yilgacha bo’lgan davrda burjuaziyaning hammasi emas, balki uning eng boy qatlami, ya’ni moliya aristokratiyasi deb ataluvchi guruhga kirgan bankirlar, birjalarning yirik ishbilarmonlari, «temir yo’l» qirollari, o’rmonlar, ko’mir konlarining egalari, yirik yer egalari hukmronlik qildilar.


ANGLIYADA SANOAT TO’NTARISHI

Angliyada sanoat to’ntarishini tayyorlagan eng muhim sharoitlardan biri agrar to’ntarish bo’ldi. Angliyada dehqonlarning yerga jamoa bo’lib egalik qilish huquqi juda erta yemirila boshladi. Jamoa yerlarning va dehqonlarga tegishli chek yerlarning lordlar tomonidan tortib olinishi XV asrning 70-yillaridan keng qo’llanilib, XVI – XVII asrda ayniqsa kuchayib ketdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliyada dehqonlar sinf sifatida butunlay yo’q bo’lib ketdilar, ularning o’rnini korchalon-fermerlar va ishchi-batraklar egalladilar. Agrar to’ntarishning oqibatlari:1.Kapitalistik fermerchilik rivojlandi.2.Yersiz qolgan dehqonlar ishsizlar armiyasini to’ldirardi, u yerdan manufaktura va fabrikalarga doimiy ishchi kadrlar olib turilardi.3.Ichki bozor kengaydi, ekspropriatsiya qilingan omma endi o’zining oziq-ovqatga, kiyim- kechakga va boshqa narsalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun bu narsalarni faqat pulga sotib olishi mumkin edi. Angliyada sanoat to’ntarishi ip-gazlama korxonalarida boshlandi, Ip-gazlama sanoatida Djon Key 1733 yilda uchuvchi moki ixtiro qildi, natijada gazlama to’qish ko’paydi, lekin yigirilgan ip tanqisligi yuzaga keldi. 1765 yilda to’quvchi Jems Xargrivs qo’l bilan harakatga keltiriladigan mexanik ip yigiruvchi charx ixtiro qildi va uni “Jenni” deb atadi. Bu charx hali kishi qo’li bilan harakatga keltirilar, ipi ingichka, lekin jonsiz edi, unda bir yo’la 16-18 dug bilan ishlash mumkin edi.1769 yilda texnik Richard Arkrayt suv dvigateli bilan harakatga keltiriladigan Yangi stanok loyihasini taqdim etdi (u buni bir ixtirochidan o’g’irlab olgan edi). 1771 yilda bug’ bilan ishlaydigan fabrika qurilib, Arkrayt dastlabki ip-yigiruv fabrikantlaridan biri bo’ldi. 1779 yilda bu fabrikada 300 ishchi ishlardi. 1780 yilda Angliyada bunday ip yigiruv fabrikalarining soni 20 ta bo’lgan bo’lsa, 1790-yilda fabrikalarning soni 150 taga etdi.Keyinchalik ip yigiruv mashinasini Samyuel Krompton (1799 y) takomillashtirdi, u myul-mashina degan mashinani ixtiro qildi.1785 yilda Edmund Kartrayt mexanik to’quv stanogini ixtiro qildi, u qirqta to’quvchi o’rnini bosa olardi. Jems Uatt Angliyada birinchi bo’lib bug’ mashinasini ixtiro qildi va 1769 yilda unga patent oldi. 1784 yilda ikki tomonlama bug’ beradigan mashinasi uchun patent oladi. 1784 yilda bug’ dvigateli bilan ishlaydigan birinchi ip yigiruv fabrikasi qurildi. 1735 yilda Abragam Derbi ma’danga so’ndirilmagan ohakni aralashtirish yo’li bilan cho’yan eritish uchun toshko’mirdan foydalanish usulini ochdi. Benjamin Xontsman (1750 y.) va Genri Kort 1784 yilda mineral yoqilg’ida po’lat eritish usulini ixtiro qildilar, bu usul tezda keng tarqaldi.


Yirik fabrika sanoatining rivojlanishi natijasida Manchester, Birmingem, Liverpul, Shotlandiya da Glazgo va boshqa shaharlar mamlakatning asosiy sanoat markazlariga aylandi.

Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin