Yangilanayotgan o'zbekiston. Milliy tiklanishda -milliy yuksalish sari o'zbekiston respublikasining xalqoro reyting va indekslardagi o'rni va nufizi oshib borishi. Reja


Birinchi bosqichda (2019-2021 yillar)



Yüklə 162 Kb.
səhifə6/7
tarix22.06.2023
ölçüsü162 Kb.
#128368
1   2   3   4   5   6   7
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON.MILLIY TIKLANISHDA -MILLIY YUKSALISH SARI O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQORO REYTING VA INDEKSLARDAGI O\'RNI VA NUFIZI OSHIB BORISHI.

Birinchi bosqichda (2019-2021 yillar) makroiqtisodiy barqarorlik bozor munosabatlarining institutsional bazasini yaratish, real sektorning tarmoqlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, inson kapitalini yaxshilash va aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishi orqali iqtisodiyotning yangi shart-sharoitlarga va bozor mexanizmlariga moslashishi yuz beradi.
Ushbu bosqichda korrupsiyani cheklash va xufiyona iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tovar va moliya bozorlarini rivojlantirish hamda adolatli raqobat shart-sharoitlarini shakllantirish, ekologik va resurslarni tejaydigan standartlarni joriy etish qismi bo‘yicha davlat institutlari salohiyatini mustahkamlash vazifalarini hal etish muhim o‘rin tutadi.
Ikkinchi bosqichda (2022-2025 yillar) qayta ishlovchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish, foydalanayotgan resurslar samaradorligini oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi bozor va ishlab chiqarish tuzilmalarini shakllantirish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli tuzilmaviy o‘zgarishlarga erishiladi. 
Ushbu bosqichda samarali bandlikni kengaytirishda va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishda uning ulushini ko‘paytirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sish sur’ati jiddiy ravishda oshadi. Institutlar salohiyati mustahkamlanishiga qarab ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati oshadi, kichik biznesni industrlashtirish va yangi sanoat siyosatiga o‘tish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, yirik davlat xo‘jalik birlashmalarida menejment sifatining oshishi ularning qo‘shilgan qiymatni yaratishning global zanjiriga kirishini ta’minlaydi.
Uchinchi bosqichda (2026-2030 yillar) eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish sohasiga an’naviy bo‘lmagan resurslarni va energiya manbalarini jalb etish hamda inson kapitalini sifatliroq rivojlantirish hisobga olingan holda iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik rivojlantirish negizida jadal sur’atlarda rivojlantiriladi. 
Konsepsiyaning har bir bosqichida strategik ustuvorliklarning oldinga qo‘yilgan vazifalar bilan bog‘liqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat amalga oshiriladi. Bu ularning kelishilganligini ta’minlaydi. O‘z navbatida har bir bosqichda hal etiladigan vazifalar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarini va mamlakat hududlarini rivojlantirishga tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilishning sifatliroq darajasida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bilan mustahkamlanadi.

Xulosa


Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash kerakki, birgina 2017 yilning o‘zida davlatimiz rahbarining o‘ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi to‘liq amalga oshirildi. Masalan, AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir.
Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o‘rin tutadi. “World Justice Project” xalqaro nohukumat tashkilotining 2019 yil yakunlari bo‘yicha 2020 yil uchun Huquq ustuvorligi indeksi e’lon qilindi. Ta’kidlash joizki, mazkur indeksning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yilda 119 mamlakat qamrab olingan bo‘lsa, 2019 yilda 126 mamlakat, 2020 yilda esa 128 mamlakat baholandi.
2020 yilgi Indeksda O‘zbekiston Respublikasi maksimal 1 balldan 0,47 ball to‘plagan va 128 ta davlat ichida 92-o‘rinni egallagan va o‘tgan yilgi indeksdan 4 pog‘ona yuqori natijani ko‘rsatgan. Ta’kidlash joizki, joriy yilda O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o‘zgarishni qayd etdi.
Mazkur indeks Indeks 8 ta indikatorni qamrab oladi va unda O‘zbekistonga quyidagi ballar berilgan:
hukumat vakolatlarini cheklash – 0,33;
korruptsiyadan holilik darajasi – 0,40;
hukumatning ochiqligi – 0,33;
fundamental huquqlar – 0,41;
tartibot va xavfsizlik – 0,90;
qonunlarga rioya qilish – 0,44;
fuqaroviy huquq sohasida odil sudlov – 0,51;
jinoiy huquq sohasida odil sudlov – 0,44.
Mazkur indikatorlar doirasida jami 44 ta subindikatorni o‘z ichiga oladi (ilova qilinadi).
O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari Indeksning 3 ta indikatori bo‘yicha, ya’ni hukumat ochiqligi komponenti bo‘yicha 0,31 dan 0,33 ballga, korruptsiyadan holilik darajasi bo‘yicha 0,38 dan 0,40 ballga, fundamental huquqlar komponenti bo‘yicha 0,39 dan 0,41 ballga oshgan.
Joriy yilda eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari quyidagi yo‘nalishlarda kuzatildi:
fundamental huquqlarning ta’minlanganligi indikatorining “shaxsiy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashmaslik” subindikatori bo‘yicha 0,28 ball (o‘tgan yili 0,20 ball);
hukumat vakolatlarini cheklash indikatorining “hukumat vakolatlarining mustaqil tekshiruvlar doirasida samarali cheklanishi” subindikatori bo‘yicha 0,37 ball (0,31 ball);
hukumatning ochiqligi indikatorining “shikoyat berish mexanizmi” subindikatori bo‘yicha 0,51 ball (0,46 ball), “axborot olish huquqi” subindikatori bo‘yicha 0,29 ball (0,25 ball);
korruptsiyadan holilik darajasi indikatorining “qonun chiqaruvchi hokimiyatning korruptsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo‘yicha 0,46 ball (0,41 ball) “sud hokimiyatning korruptsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo‘yicha 0,44 ball (0,40 ball);
jinoiy odil sudlov indikatorining “jinoiy odil sudlovning diskriminatsiyadan holiligi” subindikatori bo‘yicha 0,38 ball (0,34 ball).
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xalq bilan muloqot qilish mexanizmlarining takomillashtirish, davlatning statistika siyosatining holisligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralar, jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturlari, Oliy Majlis palatalarida korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarining tashkil etilganligi, har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlarning ishlab chiqilayotganligi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash mexanizmlarining takomillashtirib borilayotgani, fuqarolarning shaxsiy daxlsizligini ta’minlash, sud-tergov faoliyatida protsessual me’yorlarga rioya etilishi, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibining takomillashtirilishi, so‘z va fikr bildirish imkoniyatlari kengayishi, vijdon erkinligining ta’minlanishi borasidagi islohotlarni mazkur natijalarga turtki bo‘lgan omil sifatida keltirib o‘tish mumkin.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub negizida inson huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishdek aniq maqsad qo‘yilganligi hamda mazkur yo‘nalishdagi islohotlar izchil davom ettirilayotganligi, eng muhimi ularning natijasi Huquq ustuvorligi indeksini tuzish doirasida o‘tkaziladigan respondentlar va ekspertlar ishtirokidagi so‘rovlar natijasida aks etib borishi bilan kelgusi yillardagi Indekslarda ham O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanib borishiga erishishga harakatlar olib borilmoqda. O‘z navbatida Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida fuqarolarga va xalqaro hamjamiyatga xolis ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi. Zero, O‘zbekistonni dunyoga ko‘rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin