Yangilanayotgan o'zbekiston. Milliy tiklanishda -milliy yuksalish sari o'zbekiston respublikasining xalqoro reyting va indekslardagi o'rni va nufizi oshib borishi. Reja


O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda tutgan o‘rni



Yüklə 162 Kb.
səhifə3/7
tarix22.06.2023
ölçüsü162 Kb.
#128368
1   2   3   4   5   6   7
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON.MILLIY TIKLANISHDA -MILLIY YUKSALISH SARI O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQORO REYTING VA INDEKSLARDAGI O\'RNI VA NUFIZI OSHIB BORISHI.

1.2.O‘zbekistonning xalqaro reytinglarda tutgan o‘rni


Bugungi kunda insoniyat taraqqiyoti va barcha sohalarda kechayotgan globallashuv, sifat va tarkibiy o‘zgarishlar xalqaro hamkorlik va xalq diplomatiyasini yangi bosqichga ko‘tarishga, har bir suveren mamlakatni ushbu holatlarga yangi nigoh bilan qarashga, ular bilan birga olg‘a qadam tashlashga undamoqda.
Ma’lumki, har bir davlatning jahon miqyosida tutgan mavqei xalqaro reyting va ko‘rsatkichlardagi o‘rni bilan belgilanadi. Chunki, xalqaro reyting va indekslar har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish jarayoni, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitning mavjudligi, raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy o‘sish kabi muhim jihatlarni o‘zida yaqqol namoyon qila oladigan “ko‘zgu”dir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarda o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lish va mavqeini yanada rivojlantirish maqsadida faol tashqi siyosat olib borishni boshlagan. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlik qilish orqali jahonda yuqori reytinglarga ega bo‘lish davomida tizimda uchragan ba’zi kamchiliklar tufayli mamlakatimizda bir muddat tashqi aloqalar sezilarli darajada sustlashib qoldi. Bu esa, albatta, xalqaro indekslardagi o‘rnimizga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
Biroq, 2016-yilning so‘nggi choragida prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev bu holatni chuqur anglagan xolda turli sohalar qatori tashqi siyosat tizimini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va uning faoliyatini kuchaytirish, mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligini yanada mustahkamlash, davlat tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish ustuvor vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va bu borada mas’ul davlat organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli “Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish’’ to‘g’risidagi farmoni imzolandi. Bu qaror asosida Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi. Bundan tashqari 2020-yil 2-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” gi farmoni mamlakatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib hizmat qildi. Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o‘rnatildi.
Bugungi kunda hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday o‘zgarishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarda ham o‘z ifodasini topayapti. Hamda xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro‘-e’tibori tobora yuksalib, dunyo mamlakatlari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Jumladan, mamlakatimiz o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi. Yaqinda AQSh Davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinlik sohasidagi “maxsus kuzatuvdagi davlatlar” ro‘yxatidan chiqarilgani keng ko‘lamli demokratik islohotlarimizning e’tirofi bo‘lgan bo‘lsa, faol iqtisodiy islohotlarimiz natijasida yaqinda BMT ning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YUNIDO) ning “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisobotida mamlakatimiz ilk marotaba aks etti va 152 ta davlat orasida 92-o‘rinni, MDH ga a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa 2-o‘rinni egalladi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar
2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indekslarida yurtimizning o‘rni yaxshilanishiga olib keldi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hali qilinishi kerak bo‘lgan muammo va vazifalar talaygina. Chunki, Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining yaxshilanishi ko‘p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog‘liq. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. Masalan, So‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o‘rinda, Normativ sifat indeksida 184-o‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o‘rinda turibmiz. Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko‘rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko‘rsatib turibdi.
Alohida ta’kidlash lozimki, biron-bir davlatning xalqaro reyting va indekslarda tutgan o‘rni ko‘p jihatdan o‘sha mamlakatning olib boradigan tashqi siyosatiga ham bog‘liq. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan faol tashqi siyosatga bog‘liq. Shuning uchun elchilarimiz bu holatga alohida e’tibor qaratib, xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnimizni yaxshilash uchun amaliy ishlar qilishi zarur. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlagan nutqida: “Sizlar (Elchilar) O‘zbekiston ochiq, amaliy va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini xorijiy mamlakatlarning keng jamoatchiligiga yetkazish bo‘yicha muntazam ish olib borishingiz zarur” deb ta’kidlab o‘tgan. Chunki diplomatlarimiz davlatimizning tashqi siyosatini samarali amalga oshirish uchun to‘liq mas’ul va javobgardir.
Lekin, yuqorida sanab o‘tilgan muammo va kamchiliklar, albatta, e’tiborsiz qoldirilgani yo‘q. Joylardagi qarorlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish maqsadida davlatimiz rahbarining farmoni asosida tashkil etilgan kengash tarkibiga mahalliy hokimlarning kiritilgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Bundan tashqari, yurtimizda so‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to‘siqlarsiz faoliyat yuritishi, media bozorida teng sharoit yaratish va ularning faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi. Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yanada muhim mazmun kasb etadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh vazifasi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilmoqda. Barcha islohotlar, sa’y-harakatlar, qabul qilinayotgan qonun hamda qarorlar zamirida ham ushbu ezgu maqsad yotibdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo‘lsa, turli reyting va indekslardagi o‘rnimiz o‘z-o‘zidan oshib boraveradi.

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin