Yangilanayotgan o'zbekiston. Milliy tiklanishda -milliy yuksalish sari o'zbekiston respublikasining xalqoro reyting va indekslardagi o'rni va nufizi oshib borishi. Reja



Yüklə 162 Kb.
səhifə5/7
tarix22.06.2023
ölçüsü162 Kb.
#128368
1   2   3   4   5   6   7
YANGILANAYOTGAN O\'ZBEKISTON.MILLIY TIKLANISHDA -MILLIY YUKSALISH SARI O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQORO REYTING VA INDEKSLARDAGI O\'RNI VA NUFIZI OSHIB BORISHI.

2.2.O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni oshirishda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni.


2030 yilgacha O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish bararorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish mamlakatda amalga oshirilayotgan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga, Hukumatning moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarning barcha jihatlarini isloh qilish, tarmoqlar va hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy masalalarni hal etish bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlariga asoslanadi. Konsepsiyani ishlab chiqish zarurati uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, xavf-xatar va tahdidlarni hal etish, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‘tishning maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash va aholi hayot darajasini oshirish bilan bog‘liqdir.
Konsepsiya 2030 yilgacha bo‘lgan davrda belgilangan O‘zbekiston Respublikasini Barqaror rivojlantirish maqsadlari prinsiplari va vazifalariga, aynan quyidagilarga javob beradi:
1.Kam ta’minlanganlik darajasini hamma joyda qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini yuritish, barchani qamrab oladigan sifatli ta’limni ta’minlash, butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish, gender tenglik vazifalarini hal etish.
2.Suv resurslarini saqlash va oqilona foydalanish, sanitariyani rivojlantirish, barcha uchun qimmat bo‘lmagan, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanishni ta’minlash.
3.Unumli bandlikni ta’minlash, puxta infratuzilmani yaratish keng qamrovli va barqaror industrlashtirish va innovatsiyalarga ko‘maklashish asosida barqaror va umum qamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish.
4.Shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, gavjumligi va ekologik barqarorligini ta’minlash, shuningdek, iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tish, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashishning shoshilinch choralarini ko‘rish.
Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasini o‘rtacha va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari, ustuvorliklari va vazifalarini belgilaydi va asoslaydi.
Bunda, maqsadlar sifatida Konsepsiyada jadal va barqaror o‘sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‘lom va samarali hayotini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, er, suv va energetika resurslaridan ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab qolgan holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish, Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, atrof muhitni yaxshilash ko‘rib chiqiladi 
Prognozlar bo‘yicha 2030 yilga borib real yalpi ichki mahsulotning o‘sishini 2,1 baravar va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot o‘sishini xorijiy valyutada 3 baravar yoki 2018 yildagi 1533 AQSH dollariga nisbatan 4538 AQSH dollarigacha ta’minlash ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlarini 6,4 foizdan past bo‘lmagan darajada qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘ladi.
2030 yilga borib aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning erishilgan qiymati O‘zbekistonga daromadlar darajasi o‘rtadan yuqori bo‘lgan jahon mamlakatlari guruhiga kirish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishini va kam ta’minlanganlikni ikki baravar qisqartirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish real hajmlari o‘sishini 2,3 baravar (yalpi ichki mahsulot ulushini 2018 yildagi 26,3 foizdan 2030 yilda 33,3 foizgacha ko‘paytirish) qurilish ishlarini 2,1 baravar (5,7 foizdan 6,4 foizga va xizmatlar sohasini 2,1 baravar ko‘paytirish (35,6 foizdan 39,3 foizgacha) ta’minlash va tegishli ravishda qishloq xo‘jaligi ulushini 1,8 baravar pasaytirish (32,4 foizdan 21 foizgacha) 2018-2030 yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishining asosiy omillari hisoblanadi.
Iqtisodiyot ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi eksport hajmlari 3 baravar ko‘payishini ta’minlaydi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun kapital qo‘yilmalar hajmlarini – 3,1 baravar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni – 7,0 baravar ko‘paytirish talab etiladi.
Bunda quyidagilar maqsadlarga erishishda bosh omillar sifatida qaraladi.
1.Mehnat resurslarini aniq maqsadni ko‘zlab tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish va inson kapitalini kuchaytirish, iqtisodiy o‘sishning resurslaridan samarali foydalanish vositasida demografik omil o‘sishini samarali iqtisodiy o‘sishga transformatsiya qilish.
Qayd etish zarurki, hozirgi vaqtda mamlakatning mehnat resurslari butun aholining qariyb 56,7 foizini tashkil etadi.Har yili mehnat bozoriga 200-250 ming kishi kiradi.Aholining yosh tarkibi (mehnatga layoqatli aholining 60 foizi) yuqori mehnat faolligi va katta moslashuvchanlik bilan farqlanib turadigan mehnat salohiyatini shakllantirish imkonini beradi.
Mintaqalarning moddiy-texnik va moliyaviy bazasini mustahkamlash, sermahsul ish o‘rinlari tashkil etilishini va mahalliy aholi daromadlari oshishini ta’minlaydigan infratuzilmaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy resurslar va imkoniyatlarni jadal safarbar qilish yo‘li bilan mintaqaviy omildan samarali foydalanish. Bunda sanoat ishlab chiqarishlarini samarali rivojlantirish va joylashtirish hamda xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiy va ixtisoslashtirilgan zonalar, tarmoq klasterlari, kichik sanoat zonalari, innovatsion markazlar, texnoparklarning afzalliklari va ustunligidan foydalanishga alohida ahamiyat beriladi.
3.Jalb etiladigan investitsiyalar hajmlari o‘sishi konsepsiyasidan ulardan samarali foydalanish konsepsiyasiga tizimli o‘tish orqali iqtisodiy o‘sishni va tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni ta’minlashda aniq maqsadga yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish. Tabiiy-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, energiyaning tiklanadigan manbalarini va yuqori qo‘shilgan qiymatli tarmoqlarni rivojlantirish bunga ko‘maklashadi, bu atrof muhitga tashlanmalar chiqarib tashlanishini pasaytirish, ekotizimlarning saqlanishi va tiklanishini ta’minlash imkonini beradi.
Konsepsiya amalga oshirilishi uzoq muddatli davrning turli bosqichlarida quyidagi natijalarni ta’minlaydi:

Yüklə 162 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin