Tо‘g‘rilovchi diodlar о‘zgaruvchan tokni tо‘g‘rilash uchun qо‘llaniladi. Bunday diodlarda elektron kovak о‘tishning nochizig‘iyligidan foydalaniladi.
Tо‘g‘rilovchi diodlarning bir nechta turi mavjud:
past chastotali tо‘g‘rilovchi diodlar, о‘zgaruvchan tok chastotasi 50 kGs dan oshmagan holda qо‘llaniladi. Kо‘i hollarda ishchi chastota sanoat chastotasi, ya’ni 50 kGs dan iborat. Past chastotali tо‘g‘rlovchi diodlarga kremniyli va germaniyli yassi diodlar kiradi. Tо‘g‘irlangan tok qiymatiga kо‘ra diodlar kichik quvvati (tо‘g‘ri toki 0,3 A dan kam), о‘rtacha quvvatli (0,3 dan 10 A gacha) va katta quvvatli (10 A dan yuqori) turlarga bо‘linadi;
yuqori chastotali tо‘g‘rlovchi diodlar, modulyatsiyalangan signallarni detektorlash uchun qо‘llaniladi va 150 MGs gacha bо‘lgan chastotada ishlashga mо‘ljallangan. Ular germaniy yoki kremniy materiallaridan tayorlanadi.
bо‘lgan holda yasaladi; о‘ta yuqori chastotali tо‘g‘rlovchi diodlar, radioreleli aloqa miniyalarining santimetrli radio tо‘lqinlari diapazonida, radiolokatsiya qurilmalarida qо‘llaniladi. Konstruksiyalari nuqtali tipda germaniy yoki kremniydan tayorlanadi.
Impulsli diodlar mikro va nanosekundli diapazondagi impulslarni hosil qilish va kuchaytirish shemalarida qо‘llaniladi. Ular germaniy va kremniy materiallaridan yasaladi. Nuqtali va yassi diodlar sifatida ishlatiladi.