3-rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 2030 yilga qadar issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirishga qo‘shadigan potensial hissasi, mlrd. tonna SO2 ekvivalentida13 AKT yordamida 2030 yilga qadar qo‘shimcha quyidagi ekologik foydani olish mumkin:
-qishloq xo‘jaligida hosildorlikni 30%ga yoki yiliga har gektaridan 900 kilogrammgacha oshirish;
-300 trln. litr suvni qishloq xo‘jaligida oqilona usullarni qo‘llash yordamida tejash; -yiliga 25 mlrd. barrel neftni iqtisod qilish.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda inson kapitalini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. “Yashil” iqtisodiyotni shakllantirish aholini ekologik jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirish, resurslarni tejash, tabiatni asrashga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalarni yaratish va qo‘llash imkoniyatiga ega kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Jumladan, 2010 yilda UNEPning “Green Jobs” (“Yashil” ish o‘rinlari) hisobotida yaratilayotgan har bir ish o‘rni iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qilishi zarurligi to‘g‘risida xulosa qilingan. Unda amaldagi kasbiy tayyorgarlik sohasidagi ko‘nikmalarni takomillashtirish bilan bir vaqtda barqaror rivojlanish muammolarini o‘rganishni joriy etish lozimligi uqtirilgan14.
XMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga qadar “yashil iqtisodiyot”da 24 mln. yangi ish o‘rinlari yaratilishi mumkin48. Ushbu ish o‘rinlari energetika sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llash, elektromobillardan foydalanish va binolarning energiya samaradorligini oshirish hisobiga yaratiladi. XMT ta’rifiga muvofiq, “yashil” ish o‘rinlari – bu iqtisodiyotning an’anaviy (ishlab chiqarish va qurilish) yoki yangi
“Yashil” tarmoqlari (qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligi)da atrof-muhitni saqlab qolish yoki tiklashga ko‘maklashuvchi munosib ish o‘rinlaridir49.
“Yashil” ish o‘rinlari amalda quyidagi muammolarni hal etishga ko‘maklashadi:
-energiya va xom-ashyodan foydalanish samaradorligini oshirish;
-issiqxona gazlarini chiqarishni cheklash;
-chiqindilar chiqarish va atrof-muhitni ifloslantirishni minimallashtirish; -ekotizimlarni himoya qilish va tiklash; -iqlim o‘zgarishlari oqibatlariga moslashish.
UNEP tomonidan ishlab chiqilgan “yashil” ish o‘rinlari konsepsiyasi “yashil iqtisodiyot”da iqtisodiy faoliyat bilan mashg‘ul bandlik bilan bog‘liq holda talqin etiladi:
-issiqxona gazlarini chiqarishning past darajasiga erishish;
-resurslardan samarali foydalanish;
-bio xilma-xillik va ekotizimlarni asrab qolish; - ijtimoiy integratsiyani kuchaytirish.
Pirovardida ushbu faoliyat aholi turmush farovonligini oshirishi, ijtimoiy adolatni ta’minlashi va bir vaqtning o‘zida atrof-muhit va ekologiya uchun salbiy ta’sirni pasaytirishi zarur.
Issiqxona gazlarini intensiv ravishda emissiya qilayotgan mamlakatlar mehnat bozorida kutilayotgan o‘zgarishlar malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2011 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Yevropa kasbiy ta’limni rivojlantirish markazi (CEDEFOP) tomonidan tayyorlangan, 21 ta mamlakatni qamrab olgan hisobot iqtisodiyotning “yashil” sektorlarida ishlash uchun zarur ko‘nikmalar va ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilayotgan ta’lim standartlari hamda kasbiy ko‘nikmalar o‘rtasida jiddiy farq mavjudligini ko‘rsatdi15. Ushbu nomuvofiqlik “yashil” investitsiyalar va tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Jumladan, Keniyada Afrika mintaqasidagi eng yirik shamol elektrostansiyasini qurish va foydalanish uchun zarur texnik muatxassislarning 80 foizini mamlakatda kadrlar yetishmasligi sabab xalqaro mehnat bozoridan yollashga majbur qilgan 16.
Yil sayin “yashil iqtisodiyot” sohasida zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, tabiatni muhofazalashga oid qonunchilikni qabul qilayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. XMT tomonidan 2016 yilda amalga oshirilgan so‘rovnomalar 27 ta mamlakatdan 19 tasida ushbu soha uchun zarur ko‘nikmalar bo‘yicha ehtiyoj va ularni tegishli ta’lim bilan ta’minlash borasida manfaatdor tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanganligini ko‘rsatmoqda. XMT mutaxassislari fikricha, “yashil” ish o‘rinlari uchun zarur ko‘nikmalarni aniqlash va ushbu ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojning o‘zagrib borayotganligini baholashda kelishuv (konsensus)ning mavjud emasligi muammoligicha qolmoqda17.
Mehnat bozorida barqaror siyosatga ega va xususiy sektorda samarali faoliyat olib borayotgan texnik va kasbiy ta’lim muassasalariga ega mamlakatlarda “yashil” ish o‘rinlari uchun zarur ko‘nikmalar o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarga tezroq moslasha olmoqda. Jumladan, Germaniya va Fransiyada qurilish sektorini “yashillashtirish” ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga tuzatishlar kiritish va “yashil” sertifikatlash bo‘yicha yangi kurslarni joriy etish orqali mehnat bozoridagi yangi talablarga moslashishida muhim rol o‘ynadi.
IRENA ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yilda jahon bo‘yicha tiklanadigan energiya manbalari sektorida 11 millionga yaqin doimiy va xizmat ko‘rsatuvchi ish o‘rinlari yaratilgan. Ushbu sohada Yevropa Ittifoqi, Xitoy, AQSh va Hindiston yetakchilik qilishmoqda. Eng ko‘p “yashil” ish o‘rinlari quyosh energiyasini o‘zlashtirish sohasiga tegshli bo‘lib, jami yaratilgan “yashil” ish o‘rinlarining 33,0 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinni bioyoqilg‘i va gidroelektrenergiya sohalari egallagan (1jadval). 1-jadval