Yem-xashak ekinlari — chorva mollari va parrandalarga yem-xashak (koʻkat, pichan, yem, silos) tayyorlash maqsadida ekiladigan oʻsimliklar. Yem-xashak ekinlarilarining eng katta guruhini koʻp yillik oʻtlar: dukkaklilar — sebarga, beda, shabdar, bersim, esparset, qashqarbeda, oq nilufar va gʻal-ladoshlar (ajriqbosh, betaga, suvbugʻdoyiq, oqsoʻxta, erkakoʻt) tashkil qiladi.