«yengil sanoati texnologiyasi»



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə16/19
tarix31.12.2021
ölçüsü1,55 Mb.
#111574
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 5337201227031646121

13- Laboratoriya ishi..

Mavzu: Tikuvchilik materiallarining kirishishini o’rganish
Ishning maqsadi:

Tikuvchilik materiallarining kirishishini hususiyatlarini o’rganish.



Topshiriqlar:

1. Tikuvchilik materiallarining kirishishini aniqlovchi asboblarning tuzilishi o’rganilsin.

2. Olingan natijalar asosida hulosalar yozilsin.
Ishning bajarilish tartibi:

Kirishish deb issiqlik va nam ta’sirida gazlama o’lchamlarining o’zgarishi tushiniladi.

To’qimachilik gazlamalari qo’shimcha nam-issiqlik ishlov berilganda kirishishi kuzatiladi. Gazlamalarning kirishishi natijasida undan tikilgan buyum kichrayishi mumkin.

Agar ho’llab kimyoviy tozalash, yuvish, dazmollash natijasida kiyimning avrasi astari turlicha kirishsa, kiyimda g’ijimlar, burmalar paydo bo’lishi mumkin.

Issiqlik va nam ta’sirida tolalar qayishqoqlashadi, shishadi, kaltalashadi, natijada gazlama kirishadi, ya’ni iplar tizimining taranglik darajasi tenglashadi. Kuchli taranglangan tanda tizimi bukiladi. SHuning uchun gazlama tanda yo’nalishi bo’yicha arqoq yo’nalishiga nisbatan ko’proq kirishadi.

Ba’zi gazlamalar yuvilgandan keyin tanda bo’yicha kirishib, yeniga kengayadi, natijada tortishadi. Agar tanda ancha tarang bo’lsa va kirishganda ancha bukilsa, gazlama shunday tortishadi. Arqoq tizimining bukilganlik darajasi bunda kamayib, arqoq iplari to’g’rilanadi va yeniga bir oz kengayadi.

Kirishish chiziqli , yuzasi va hajmi bo’yicha farqlanadi va quyidagi formula yordamida (foizda) hisoblanadi:





bu yerda: -gazlama namunasining boshlang’ich chiziqli o’lchami, yuzasi va hajmi; –gazlama namunasining kirishishidan keyingi chiziqli o’lchami, yuzasi va hajmi.

Gazlamalarning kirishishi standartlarda belgilangan uslublarga muvofiq aniqlanadi. Jun gazlamalarning kirishishini aniqlash uchun undan qirqib olingan namuna xo’llab, boshqa gazlamalar yesa yuvib ko’riladi.

Gazlamalarning kirishishi ularning tolaviy tarkibiga, tuzilishiga va pardozlash usullariga bog’liq. Gazlamalarning kirishishiga tolalarning shishishi ta’sir qilgani uchun sintetik tollalardan gazlamalar ho’llanganda juda kam kirishadi, chunki sintetik tolalar deyarli ho’llanmaydi va tolalarni deyarli shishmaydi.

Gazlamalarning kirishuvini kamaytirish uchun to’qimachilik sanoatida; kengaytirish, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlash, maxsus ravishda kirishmaydigan, kam kirishadigan pardoz berish usullari qo’llaniladi.

Sintetik gazlamalar xo’llanmasdan, ya’ni faqat issiqlik ta’sirida kirishadi. Bunday kirishish issiqlikdan kirishish deb ataladi.

Yuvilgandan keyin gazlamalarning kirishishini aniqlash. Belgilangan standartlarga binoan paxta, zig’ir va viskoza tolalaridan olingan maishiy gazlamalar uchun yuvilgandan keyingi kirishishi aniqlanadi.

Kirishish uchun olingan namunaning butun yeni bo’yicha uzunligi 300 mm bo’ladi. Namunadan maxsus metalli andaza bo’yicha 300x300 mm ikkita kvadrat o’lchamdagi namuna bichiladi va tanda yo’nalishi belgilanadi (41,a-rasm). Keyin, andaza teshikchalari orqali qalam yordamida belgilar qo’yiladi (41,b-rasm) va andoza olinib, rang yordamida belgilar qoraytiriladi.

Tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha belgilar orasidagi masofa 1 mm aniqligi bilan o’lchaniladi, agar ular 200 m ga teng bo’lmasa, unda boshlang’ich belgilash ishlari to’g’irlanadi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin