3- Laboratoriya ishi.
Mavzu. TO’QIMACHILIK TOLALARINI BIR-BIRIDAN AJRATISH
Ishning maqsadi:
To’qimachilik tolalarining alanga ta’sirida bir-biridan farqlanishini o’rgatish.
Topshiriqlar:
1.Oranoleptik usul –tolalarning tashqi ko’rinishi va yondirish usuli bilan aniqlash.
2.Mikroskopik usul yordamida o’rganish.
3.Kimyoviy usul yordamida o’rganish.
T/r
|
Tolalarning nomi
|
Tolalarning holati
|
Hidi
|
Qoldig’i
(kuli)
|
Alangaga
Kirganda
|
Alanga
ichida
|
Alangadan
olganda
|
1.
|
Paxta, zig’ir, viskoza, mis-ammiak
|
Tez yonadi
|
Yorug’ alanga hosil qilib yonadi
|
Yonishni davom yettiradi
|
Yongan qog’oz-
ning hidi
|
Engil, kumush rangli
|
2.
|
Jun, ipak
|
Alangandan qochib jizg’anak hosil qiladi
|
Yorug’ alanga hosil qilib jizg’anak bo’lib yonadi
|
Yonishni sekinlik bilan to’xtatadi
|
Yongan sochning hidi
|
Barmoq bilan yezilganda qora sharcha
|
3.
|
Asetat
|
Eriydi
|
Yorug’ alanga hosil qilib yonadi
|
Yonishni davom yettiradi
|
Sirka hidi
|
Qora qatiq sharcha
|
4.
|
Kazein
|
Tez yonadi
|
Yorug’ alanga hosil qilib yonadi
|
Yonishni davom yettiradi
|
Kuygan sutning hidi
|
Barmoq bilan yezilganda qora sharcha
|
5.
|
Kapron,
lavsan
|
Eriydi
|
Kichik alanga va qora tutun bilan yonadi
|
Yonishni davom yettiradi
|
Surguch hidi
|
Issiq paytda-
eritma, sovuganda qattiq sharcha
|
6.
|
Nitron
|
Eriydi
|
Tez alanga va qora tutun bilan yonadi
|
Yonishni davom yettiradi
|
Spesifik
|
Barmoq bilan yezilganda qora sharcha
|
7.
|
Xlorin
|
Eriydi
|
Havo rangli alanga va qora tutun bilan yonadi
|
Yonishni bir zumda to’xtatadi
|
Xlor hidi
|
Qora qattiq sharcha
|
4- Laboratoriya ishi.
Mavzu: Tikuvchilik iplarining xususiyatini o’rganish
Tikuvchilik iplarining xususiyatlarini aniqlash
Asosiy ma’lumot. Tikuvchilik iplarining savdo nomeri-bu tikuvchilik iplarining qalinligini (yo’g’onligini) shartli belgisi bo’lib, u qanchalik ingichka bo’lsa, savdo nomerining son qiymati shuncha yuqori bo’ladi. Yo’g’onligiga qarab 3 va 6 ko’shimli g’altak iplar quyidagi savdo nomerlariga bo’linadi:
3 qo’shimli-10,20,30,40,50,60,80,100,120.
6 qo’shimli -10,20,30,40,50,60,80.
Tikuvchilik iplarining haqiqiy diametri-laboratoriyada sinov yo’li bilan moslamalardan aniqlanadigan diametr.
Tikuvchilik iplarining hisoblangan diametri-hisoblash yo’li bilan tenglama yordamida aniqlanadigan diametr.
Tikuvchilik iplarining eshilishdagi qisqarishi-bir necha iplardan tashkil topgan (tuzilgan) iplarning yoki bir ipning eshish natijasida uzunligining qisqarishiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |