5- Laboratoriya ishi.
Mavzu: Tikuvchilik materiallarining tuzilishi va o’rilishlarini o’rganish
Asosiy ma’lumotlar. To’kuvchilik o’rilishlari turlicha bo’lib, gazlamaning xossalari va tuzilishini belgilaydi. Gazlamaning o’ngidagi naqshlari, silliqligi, tovlanishi, tanda va arqoq iplarning o’rilishiga bog’liqdir.
To’kuvchilik o’rilishlari gazlamaning bir qancha xossalariga: mustahkamligi, cho’ziluvchanligi, qalinligi, sitiluvchanligi, bikirligi, kirishishi va boshqa xossalariga ta’sir qiladi. To’quvchilik o’rilishlari o’z navbatida to’rtga guruhga bo’linadi: oddiy o’rilish, mayda gulli o’rilish, murakkab o’rilish va yirik gulli o’rilish.
To’kuvchilik gazlamalarining o’rilishini aniqlash vaqtida bo’ylama qator tanda iplari, ko’ndalang qator yesa arqoq iplari deb belgilanadi.
Agar tanda iplari arqoq iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishi tanda yopilish, aksincha bo’lsa, arqoq iplari tanda iplarining yuqorisidan o’tib o’rilishiga arqoq yopilishi deyiladi.
Gazlama o’rilishining takrorlanuvchi qismi rapport deyiladi.
Gazlamaning uzunligi bo’ylab takrorlanadigan rapport arqoq bo’yicha rapport, gazlamaning yeni bo’ylab takrorlanadigan rapporti yesa tanda bo’yicha rapport deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |