12- Laboratoriya ishi.
Mavzu: Tikuvchilik materiallarining g’ijimlanmasligini o’rganish
Ishning maqsadi:
To’qimachilik matolarining g’ijimlanmaslik hususiyatlarini aniqlash usulini va unda qo’llaniladigan uskunalarning ishlash usullarini o’rganish.
Topshiriqlar:
1.Mahsulotlarning g’ijimlanmaslik hususiyati degan tushunchaning ta’rifi yozilsin.
2.Yo’nalish bo’yicha mahsulotlarni g’ijimlanishligi usuli yozilsin. SMT-uskunasining shakli chizilsin.
3.Ixtiyoriy g’ijimlash bilan matoning g’ijimlanmaslik koeffitsientini aniqlash usuli yozilsin. STP-6 uskunasining shakli chizilsin.
4.To’qimachilik matolarining g’ijimlanmaslik hususiyatini belgilovchi kattalik topilsin.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Gazlamalardan tayyorlangan namunaviy tasmaning SMT uskunasida tekshirib, olingan natijalar quyidagi jadvalga yozilsin.
№
|
Mahsulotning turi
|
Tekshirish yo’nalishi
|
Qayta tiklanish buchagi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
O’rtacha miqdori
|
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2. Xuddi shu tartibdagi ishni NSTP uskunasida takrorlab, olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.
№
|
Mahsulotning turi
|
Tekshirish yo’nalishi
|
Namunaning balandligi
|
1 marta yezilgandan keyin, h1
|
10 marta yezilgandan keyin, h10
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
|
Jadvallarga yozilgan natijalarga asosan quyidagi hisoblar bajariladi:
1. SMT uskunasida olingan natijalarga asosan mahsulotlarning g’ijimlanmasligini belgilovchi koeffitsient quyidagi formula yordamida hisoblanadi;
= %
2. STP uskunasi yordamida olingan natijalarga asosan bir marotaba yezilgandan keyin g’ijimlanmaslik koeffitsienti quyidagi tenglama asosida hisoblanadi:
= %
bu yerda, h0 - boshlang’ich balandlik;
h1 - kuch ta’sir qilgandan keyingi balandlik. 10 marta yezilgandan keyingi g’ijimlanmaslik koeffitsienti.
= %
3.Ishning ohirida tegishli xulosalar yozilishi kerak.
Bukilganda va har xir kuchlar ta’sirida gazlamada g’ijimlar va buramalar hosil bo’lishi g’ijimlanuvchanlik deyiladi. Hosil bo’lgan g’ijim va buramlarni faqat xo’llash-dazmollash yo’li bilan ketkazish mumkin. Bukish va qisish ta’sirida hosil bo’ladigan qoldiq deformasiyalar g’ijimlanuvchanlikni keltirib chiqaradi. Qayshqoq va yelastik qismi ancha katta bo’lgan tolalar bukish va qisish deformasiyasidan keyin sekinroq yoki bir oz tezroq tekislanadi va dastlabki holatini yegallaydi, shuning uchun g’ijimlar yo’qoladi.
Tiklanish burchagi -namunaning 1800 da to’liq tiklanish burchagi.
Gijimlanmaslik -g’ijimlanuvchanlikka teskari tushuncha bo’lib, u gazlamaning yezilishiga qarshilik ko’rsatishi, hamda bukilishiga sabab bo’lgan kuch olingandan keyin dastlabki holatini tiklash xossasidir. Gazlamalarning g’ijimlanmasligi standart uslubi bo’yicha g’ijimlanmaslikni o’lchash asbobida aniqlanadi (34-rasm). Asbobning asosi 1 murvat 3 yordamida mahkamlangan bo’lib, unda tenglashtirish darajasi 2 va yumoloq shkala 4 joylashgan. Ustun 5 ning yo’naltirilgan tirqishidagi qisqich 6 ning tayanch qismiga namuna 1800 yegilgan holatida joylashtiriladi. Tartibga soluvchi murvat 7 ko’rsatkich 9 bilan yegilgan qirqim 8 ni joylashtirish uchun xizmat qiladi. O’ng qo’l bilan qisqich ochiladi va qirqim 10 ning bir uchi bo’shatiladi va qisqichning yuqori plastinkasi pastkisini qisadi. Bir vaqtning o’zida chap qo’l bilan sekundomer ishga tushiriladi. Qirqimni bo’shatilgan bir uchi qayishqoq kuch ta’sirida burchakka yegiladi. Yumoloq shkala bo’yicha moslama 11 yordamida tiklanish burchagi 10 xatolik bilan aniqlanadi.
Har bir ipning yo’nalishi bo’yicha g’ijimlanmaslik o’lchami (foizda) quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
bu yerda: o’rt-tiklanish burchagining cha arifmetik qiymati, gradus.
Standart uslubiga binoan tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha beshta namuna qirqimi olinadi.
Bu holda yuqoridagi formula boshqa ko’rinishga o’tadi.
-buklangan materialning tiklanish burchagi; 1- burchakning to’liq 1800 tiklanish burchagiga nisbati g’ijimlanmaslik deb ataladi (foizda).
G’ijimlanmaslikni aniqlash asbobi.
1-asos; 2-murvat; 3-tenglashtirish darajasi; 4-shkala; 5-ustun; 6-qisqich;
7-murvat; 8-egilgan namuna; 9-ko’rsatkich; 10-qirqim; 11-linza.
Gazlamalarning g’ijimlanmasligini aniqlash. Sinash uchun beshta qirqim namunasi 40x15 mm o’lchamida olinadi va namunaning yuza qatlamida qalam bilan 2 mm chetki qismidan va teskari yuzasidan 24 mm chetki qismidan masofa tashlab ikki nuqta belgisi qo’yiladi (35- rasm). Qisqich 1 ning pastki plastinkasi namunani ushlab turish uchun yupqa parafin qatlami qo’yiladi va namunaning uchidan 2 mm masofadagi qism qisqich yordamida belgi qko’yilgan joyi yegilib, halqa ko’rinishiga keltiriladi. Natijada xalqa 3 qisqich yordamida ushlanadi (36-rasm).
Gazlama qirqimiga belgi qo’yish shakli.
№ 1 qisqichga namunani joylashtirish shakli.
Keyin, 10x15 mm o’lchamli xalqa ikkinchi qisqich bilan qisiladi. Namuna yegilishining burchagi 1800 ni tashkil yetadi.
Yuk berish qurilmasi.
Qisqich namuna bilan birgalikda kuchlantirgich kurilmasining tayanch yuzasi 1 ga (37-rasm) qo’yiladi, shunda namuna xalqasi yuza osti 2 ga joylashtiriladi. Yuza 2 1,5 kg vazndagi yuk 4 bilan bo’ylama ustun 2 ga mahkamlangan. Sekundomerni qo’shgan holda dastak 5 yukni qisqichning yuqori plastinkasiga tushiradi. Xalqa 15 min mobaynida 1 kgk/sm2 bosim ostida qisilib turiladi. Undan keyin, namuna qisqich bilan olinib, g’ijimlanuvchanlikni aniqlash asbobining yo’naltiruvchi tirqishi 1 ga qisqichning tayanch bo’rtig’i 4 gacha joylashtiriladi va qisqich ochiladi, namunaning uchi qo’yib yuboriladi. Sekundomerni ko’shib, ikkinchi qisqich ham olib tashlanadi. Namunani atrof-muhit ta’siridan saqlash uchun organik oyna qoplamasi 12 bilan berkitiladi. Qisqichlar ta’siridan bo’shatilgan namunaning bir uchi muvozanat holatiga keladi, 5 minutdan keyin, tiklanish burchagi o’lchaniladi.
Dostları ilə paylaş: |