Yeoju Technical Institute in Tashkent Bajardi: 96(s)-2t-bxa-22 guruh talabasi



Yüklə 192,75 Kb.
səhifə1/8
tarix15.02.2023
ölçüsü192,75 Kb.
#123405
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mamadjanov S Buxgalteriya hisobi va schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv


© Yeoju Technical Institute in Tashkent
Bajardi: 96(s)-2T-BXA-22 guruh talabasi
Mamadjanov S.

Mavzu:Buxgalteriya hisobi va schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.

Reja:

1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi.

2. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.

3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.

4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish.

5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi.

Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish usulidir.

Buxgalteriya hisobi schyotlari–aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish usulidir.

Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi.

Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. “Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.

“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan ma’noni bildiradi.

Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi.


Yüklə 192,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin