Yer osti boyliklarini muhofaza qilish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə2/3
tarix31.03.2022
ölçüsü80,5 Kb.
#115054
1   2   3
yer osti va yer usti boyliklari

2. Yer osti boyliklari

Foydali qazilmalar (mineral resurslar) tiklanmaydigan resurslarga mansubdir. Unga rudali va rudasiz metallar, neft, gaz, ko'mir, slanes, torf va er osti suvlari kirib, ular tabiatda qattiq, suyuq hamda gaz holida uchrashi mumkin.

Yer qobig'ining ichki qatlamlari turli foydali minerallarga boy bo'lib, ular energetika, metallurgiya, kimyo, qurilish sanoatlarining rivojlanishiga xom ashyo beradigan manba hisoblanadi.

Foydali qazilmalar kishilik jamiyatining taraqqiyyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega: u insoniyat va uning xo'jaligi uchun energiya va yoqilg'i manbai, sanoat qurilish materiallari va kimyo sanoati uchun xom ashyo bazasidir.

Fan texnika taraqqiy etgan sari minerallardan xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida foydalanish darajasi va doirasi kengayib bormoqda. Natijada qazilma boyliklardan foydalanish dunyo bo'yicha har 15 yil ichida ikki marta ortmoqda;

Xalq xo'jaligida qazilma boyliklardan fan yutuqlariga asoslanib yangidan-yangi moddalar (ilgari neft, gaz, ko'mirda foydalanilgan bo'lsa, hozir ulardan kimyoviy yo'l bilan hatto oqsil moddalari ham ishlab chiqarilmoqda) olishda foydalanilmoqda; er osti boyliklarini qidirib topish (kosmosdan turib va boshqa metodlar yordamida) ishlarining tezlashishi natijasida ular tezkorlik bilan foydalanilmoqda. Natijada Yer kurrasida insoniyatning qazilma boyliklarga bo'lgan talabi va undan foydalanishning oshishi sayyoramiz aholisining oshishidan ortib ketmoqda. Agar so'nggi 25 yil ichida dunyoda ko'mirga bo'lgan talab 2 marta, temir rudasiga bo'lgan talab 3 marta, neft va gazga bo'lgan talab 6 marta, boksit 9 marta, marganes rudasi, qalay, fosfat tuzlari qazib olish 2-3 marta oshgan bo'lsa, aholining o'sishi 40% ni tashkil etgan.




Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin