Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi Qoraqolpog'iston Axborot Agentligi



Yüklə 169,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.01.2023
ölçüsü169,72 Kb.
#122216
  1   2
Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi – Qoraqolpog\'iston Axborot Agentligi



13.01.2023, 19:10
Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi – Qoraqolpog'iston Axborot Agentligi
https://kknews.uz/oz/41770.html
1/4
USD
10500.03
EUR
12607.39
RUB
140.7
Juma, 13 Yanvar
O'zbekcha
Siyosat
7 iyun 2019, 16:23
542
Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi
Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni qishloq xoʻjaligida yer
va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi.
Yer va suv resurslaridan oqilona hamda unumli foydalanilsagina yuqori hosildorlik va baraka
boʻladi. Lekin soʻnggi 30 yil davomida irrigatsiya tarmoqlariga eʼtibor berilmagani va yerga
xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlish oqibatida 450 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar yaroqsiz
holga kelib qoldi.
Ayni paytda mamlakatimizda oʻzlashtirish imkoni boʻlgan 1 million gektardan ortiq maydon
mavjud. Ushbu yerlarni irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish,
kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga oʻzlashtirish choralarini koʻrish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda ushbu maydonlarni qayta oʻzlashtirish boʻyicha samarali tizimni joriy qilishga qaratilgan
chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Xalqaro tajriba asosida foydalanishdan chiqqan yerlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida
oʻzlashtirish tartibini yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi. Bunda investorlar oʻzlashtirilgan yerlarda
ekinlarni mustaqil joylashtirish, yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish va zarur infratuzilma
obyektlarini qurish huquqiga ega boʻlishlari lozimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari Jahon bankining foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bitta tumanda namuna
sifatida davlat-xususiy sheriklik asosida oʻzlashtirishga qaratilgan taklifini maʼqullab, tegishli
vazirliklar rahbarlariga mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
1bf4f20b_8a40_342a_ad32_52f710941ab2.jpg
Irrigatsiya tarmoqlarini ham davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish mexanizmini joriy qilish
boʻyicha takliflar bildirildi.


13.01.2023, 19:10
Yer va suv resurslaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi – Qoraqolpog'iston Axborot Agentligi
https://kknews.uz/oz/41770.html
2/4
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga 2019-2021 yillarda
oʻzlashtiriladigan 281 ming gektar maydonni tashabbuskorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida
berish tartibini puxta ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Bu yerlarda eksportbop meva-sabzavotlar yetishtirish, shu bilan birga, suvsizlikka chidamli
ekinlarning yangi navlarini yaratish muhimligi taʼkidlandi.
Oʻzlashtirilgan yerlarning unumdorligini oshirish hamda meliorativ holati va suv taʼminotini
yaxshilash texnologiyalarini joriy qilish, shu maqsadlarga sarflanadigan xarajatlarning bir qismini
qoplab berish tartibini qoʻllash boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Yigʻilishda foydalanishga qaytarilgan yerlarni suv bilan uzluksiz taʼminlash, buning uchun faqat
suvni tejovchi texnologiyalarni qoʻllash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Yer osti suvi zaxirasini oʻrganish masalasi muhokama qilinar ekan, Geologiya va mineral resurslar,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitalari, Suv xoʻjaligi vazirligiga lalmi va
yaylovlarni sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan yer osti suvi zaxirasini aniqlash hamda undan samarali
foydalanish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Masʼul vazirlik va idoralarga yerdan noqonuniy foydalanishni oldini olish boʻyicha taʼsirchan chora-
tadbirlarni belgilash hamda bu boradagi nazorat tizimini qayta koʻrib chiqish topshirildi.
Yer kadastri maʼlumotlarining aniqligini taʼminlash va samarali boshqarish maqsadida yagona
avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
O’zA

Yüklə 169,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin