Statik usul. Statik usul yo‘ldoshli o‘lchashlarning “an’anaviy” usuli hisoblanadi. Usul, o‘lchashlarni bir vaqtda ikkita va ko‘p harakatsiz priyomniklar bilan davomli vaqt davrida bajarilishini, taxmin qiladi. O‘lchash vaqtida yo‘ldoshlarning geometrik joylashuvlari o‘zgaradi, ular noaniqliklarni yechishda sezilarli rol o‘ynaydi. O‘lchashlarning katta hajmi, sikllarni o‘tkazib yuborishlarini qayd qilish va ularni to‘g‘ri modellashtirish imkonini beradi.
Statik usul yuqori aniq ishlarni bajarishda, 15 -20 km dan ko‘p vektorlarni o‘lchashda va yana minimal yo‘ldoshlar soni bilan kuzatishlar cheklangan oynalarda qo‘llaniladi.
Seansning davomiyligi, seansda o‘lchanadigan chiziq uzunligiga, bir vaqtda kuzatiladigan yo‘ldoshlar soniga, priyomniklarning turiga va talab etilgan aniqlikga bog‘liq bo’ladi.
Zamonaviy geodezik yo‘ldoshli priyomniklar bilan o‘lchashlar aniqligi priyomnik turiga va tanlangan o‘lchash usuliga bog‘liq. Aniqliklarning standart ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan:
Geodezik balandliklarni aniqlash aniqligi, qoidadagidek, vektorlarni aniqlash aniqligidan 1.5 marta past.
1-jadval