Yerning sun’iy yo‘ldoshi (YeSY)ni kuzatish usullari reja: YeSYni kuzatishning yer usti usullari Kuzatish uchun asbob va anjomlar



Yüklə 29,28 Kb.
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#137483
  1   2   3   4   5
YERNING SUN



YERNING SUN’IY YO‘LDOSHI (YeSY)NI KUZATISH USULLARI


REJA:
1. YeSYni kuzatishning yer usti usullari


2. Kuzatish uchun asbob va anjomlar


3. Kuzatishni loyihalash

YeSYni kuzatishning yer usti usullari

Birinchi YeSYidan, yer yaqinidagi fazo to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni ustunlik bilan olishda foydalanilgan. Keyinchalik, aniq maxsus vazifalarni yechish uchun mo‘ljallangan, yo‘ldoshlar paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda, ixtisoslik bilan mos ravishda, yo‘ldoshlarning quyidagi: aloqa, meteorologik, navigasiya, geodezik, okeanografik, resursli (tabiiy resurslarni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan), astronomik va harbiy – klassifikasiyalarini keltirish mumkin.


Quyosh yorug‘ligi aks etishidagi YeSYlarini kuzatishlari passiv deb ataladi. Bortida impulsli lampa-chaqnagichlar yoki maxsus uzatish apparaturalari bo‘lgan yo‘ldoshlar kuzatishlari aktiv deb ataladi. Lazerli kuzatishlar uchun, burchakli nur qaytargichlar bilan jihozlangan, yo‘ldoshlar muhim o‘rin tutadi.
YeSYlarini kuzatish usullari, odatda optik va radiotexnik (radioelektronlik) larga bo‘linadi.
Optiklarga – vizualli, fotografikli, fotoelektrikli va lazerli kuzatishlar kiradi. Radioelektronikga – interferensionli, doplerli va dalnomerli kuzatishlar kiradi. Hozirgi vaqtda, ko‘pincha radioelektronikali kuzatishlarning birlashtirilgan kombinasiyalari qo‘llaniladi.
Optik usullar punkt va yo‘ldosh orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish bog‘liqligi bo‘lishini hamda punkt, yo‘ldosh va Quyoshning o‘zaro aniq joylashishini talab qiladi. So‘nggi talab, passiv yo‘ldoshlar kuzatishlarida muhim cheklashlarni kiritadi.
Radiotexnik usullar so‘rovli va so‘rovsiz usullarga ajratiladi. So‘rovli usullarda yer usti uzatgichlari bilan nurlanadigan va yo‘ldoshda joylashgan qabul qiluvchi – javob beruvchi bilan qayta nurlanadigan, chastotalar taqqoslanadi. So‘rovsiz usulda, yo‘ldosh bortida joylashgan uzatgich, yuqori barqaror chastotalar tebranishlarini nurlantiradi, ular yer usti priyomniklari bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan chastota tebranishlari, priyomnikdagi etalon generator chastotasi bilan taqqoslanadi.
Yo‘ldoshli kuzatishlarni olib borishda, quyidagi usullar qo‘llaniladi. Usullarning bajarish texnologiyasi, priyomniklarning turiga va modellariga hamda o‘lchashlarni qayta ishlashga bog‘liq. Ishlarni bajarishda, yo‘ldoshli priyomnikdan foydalanish bo’ycha foydalanuvchi Yo‘riqnomasiga tayanish kerak bo‘ladi. Kuzatishlarni bajarishda quyidagi usullardan foydalaniladi.

Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin