Yerning sun’iy yo‘ldoshi (YeSY)ni kuzatish usullari reja: YeSYni kuzatishning yer usti usullari Kuzatish uchun asbob va anjomlar



Yüklə 29,28 Kb.
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#137483
1   2   3   4   5
YERNING SUN

Tez statik usul. Yo‘ldoshli usullarning tez statik usuli, statik usulning yuqori aniqligini qisqa vaqt kuzatishlarida ustunlik bilan o‘zida ifodalaydi. Bu ikki chastotalarda, barcha bajariladigan sifatli o‘lchashlardan optimal foydalanish hisobiga erishiladi. Tez statik usul ikki chastotali priyomniklar bilan o‘lchashlarni qayta ishlash dasturlari mavjudligida qo‘llaniladi. O‘lchashlarni qisqa davrligi natijasida, tez statik usul o‘lchashlar yetishmasligiga sezuvchandir. Shuningdek, joylashuvga va yozuvlar intervalidagi, tutilgan yo‘ldoshlar soniga ta’sirini ko‘rsatadi.
Tez statik usul, ko‘p sonli punktlar (nuqtalar) bo‘lgan to‘rlarda, 10 – 15 km gacha vektorlarni o‘lchashlarda qo‘llaniladi. Seansning davomiyligi seansda o‘lchanadigan chiziq uzunligiga bog‘liq bo’ladi.
Psevdokinematik usul. Psevdokinematik usul, asosan bir chastotali priyomniklar bilan ishlaganda qo‘llaniladi.
Psevdokinematik usulni, statik usul bilan taqqoslaganda, kuzatiladigan yo‘ldoshlarning o‘zaro joylashuvini o‘zgarishi bilan, soatli (va ko‘p) interval bilan ajratilgan, ikkita 5 – 10 minutli kuzatish davrlaridan foydalanish hisobiga o‘lchash vaqtini qisqartiradi. Bu mobil priyomniklarni, to‘rda yaratilgan bir nechta punktlar (nuqtalar)ni, taxminan, bir soat davomida har qaysisida 5 – 10 minut o‘lchashlar bilan qatnashishini bildiradi. Keyin sikl ushbu punktlar bo‘yicha takrorlanadi. O‘lchashlarni post qayta ishlashlar jarayonida, birinchi va takroriy qatnashishlarda olinganlar, bitta yechimga birlashtiriladi. Psevdokinematik usulni kamchiligi – punktlarga ikki martadan qatnashishi, bu punktlarga o‘rnatish va ko‘chirishda sarflanadigan, vaqtni ko‘paytiradi.
Psevdokinematik usul, punktlar orasidagi masofa qisqa bo‘lgan to‘rlarda va yana boshqa usullar bilan o‘lchashlarda noaniqliklarni yechish imkoni bo‘lmaganida qo‘llaniladi.
STOP & GO (“to‘xta - yur”) kinematika usuli. Stop & Go usuli, referens va mobil (bitta va ko‘p) priyomniklar orasida, bir vaqtdagi kuzatishlarni bajarishni, taxmin qiladi. Koordinatalarni aniqlash, ya’ni o‘lchashlar joyiga mahkamlangan nuqtalarga tegishli, aniqlanadigan punktlarga antennalarni bevosita o‘rnatishda bajariladi. Priyomniklarning to‘xtovsiz ishlashi hisobiga, o‘lchashlar hajmi ortadi, bu statik usul bilan taqqoslangan, aniqlikni olish imkonini beradi.
Stop & Go usuli, ochiq joylarda ko‘p sonli punktlar (nuqtalar) bo‘lgan to‘rlarda qo‘llaniladi. Punktdagi o‘lchashlar vaqti davomiyligi – 1 – 2 minutgacha.
Haqiqiy vaqt rejimidagi kinematika (RTK – REAL – TIME KINEMATIC) usuli. RTK usuli bilan o‘lchashlarni bajarish uchun quyidagi uskunalar: referens stansiya, bitta (yoki ko‘p) mobil stansiya, referensdan mobil priyomnik (radiomodem)ga ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus uskuna, priyomniklar maxsus dasturiy ta’minoti kerak bo‘ladi.
Referens stansiya koordinatasi ma’lum punktga o‘rnatiladi. Referens priyomnik, aloqa chizig‘i bo‘yicha o‘lchangan psevdouzoqliklarga tuzatmalarni mobil priyomnikga uzatadi va hisoblaydi. Tuzatmalar, priyomnikga kiritilgan aniq koordinatalar bo‘yicha hisoblangan, o‘lchangan psevdouzoqliklar va haqiqiy uzoqliklar farqlaridek aniqlanadi. Aniqlashlar har qaysi kuzatishlar davrida bajariladi. Mobil priyomnik, o‘zining joylashgan o‘rnini hisoblash uchun qabul qilinadigan tuzatmalarni kiritadi, ular bilan o‘lchanadigan psevdouzoqlik va tuzatilgan uzoqliklar qiymatidan foydalanadi. Koordinatalar zudlik bilan dala sharoitida aniqlanadi.
RTK ochiq joylarda ko‘p sonli punktlar (nuqtalar) bo‘lgan to‘rlarda qo‘llaniladi.
Stop & Go usuli, aniqlanadigan punktlarda 1 minut davomida o‘lchashlarni bajarish uchun mobil priyomnik antennasining qayd qilinishini, taxmin qiladi.
RTK usuli, Stop & Go usuliga dala ishlarini bajarish texnologiyasiga ko‘ra o‘xshashdir, ammo qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha farq qiladi. RTK, aloqa moslamasi (radiomodem) orqali referens priyomnikdan mobilga, psevdouzoqliklarni o‘lchashdagi tuzatmalarni uzatishga asoslangan. Referens va mobil priyomniklar o‘lchashlarini birgalikda qayta ishlashlarda, koordinata punktlari aniqlanadi, ularda mobil priyomniklar o‘rnatilgan. Natijalar, qolgan usullardan farqli, o‘lchashlar bajarilgandan keyin tezlik bilan beriladi.



Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin