Yerning sun’iy yo‘ldoshi (YeSY)ni kuzatish usullari reja: YeSYni kuzatishning yer usti usullari Kuzatish uchun asbob va anjomlar



Yüklə 29,28 Kb.
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#137483
1   2   3   4   5
YERNING SUN

Kuzatish uchun asbob va anjomlar

Priyomnik turini tanlash, aniq loyiha talablariga bog‘liq. Topografik-geodezik ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan priyomniklarga umumiy talablar, kodli va fazali o‘lchashlarni bajarish imkoniyati hisoblanadi.


Yuqori aniqlikdagi ishlarni bajarishda, ikkita chastota bo‘yicha o‘lchashlar hisobiga, vektorlarni aniqlashni to‘g‘riligini va ishonchliligini oshiradi.
Qisqa masofalarda (15 km gacha) bir chastotali priyomniklardan foydalanishga ruxsat beriladi, ionosferaning ta’siri vektorlar oxirida bir xil va qayta ishlash jarayonida chiqarib tashlanadi.
Priyomnikning mustaqil qabul qiluvchi kanallari soni, to‘rttadan kam bo‘lmasligi kerak.
Yo‘ldoshli o‘lchashlarni yozish uchun xotira hajmi, tanlangan o‘lchash usulininng talablariga to‘g‘ri kelishi kerak.
Dala ishlariga chiqishdan oldin stansiyaning to‘liq jihozlanganligi va alohida tugunlarning ish qobiliyati tekshiriladi:
-priyomnik;
-antenna;
-antenna kabellari;
-akkumulyatorlar va zaryad qurilmalari;
-birlashtiruvchi kabellar;
-adapterlar;
-shtativ;
-taglik;
-stanli vint;
-o‘lchas lentasi yoki reyka;
-meteorologik parametrlarni o‘lchash uchun to‘plam: termometr, barometr, psixrometr (kerak bo‘lganida);
-radiostansiyalar (mavjudligida).
Bundan tashqari quyidagilarga ega bo‘lish kerak:
-kartalar, abrislar, marshrutlarning sxemalari;
-kuzatishlar jadvali va punktlar orasida harakatlanish marshrutlari;
-o‘rnatilgan namunadagi dala jurnallari;
-qalamlar, ruchkalar va qog‘ozlar;
-bayroqlar, moyli bo‘yoq, qoziqlar, bolg‘a, ogohlantiruvchi signallar va yo‘lning o‘tish qismidagi ishlarda (sutkaning qorong‘u vaqti uchun) yonib-o‘chib turadigan chiroqlar.
Agar ish dasturida ma’lumotlarni dala qayta ishlashlari ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda brigada uskunalari tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak bo‘ladi:
-yo‘ldoshli o‘lchashlarni qayta ishlash uchun dasturli ta’minot bilan kompyuter;
-kerakli birlashtiruvchi kabellar to‘plami;
-statsionar to‘rdan iste’mol bloki;
-disketlar;
-dasturiy ta’minotga disketa kalit (yoki elektron kalit).
Stansiyaning barcha mexanik tugunlari to‘g‘ri ishlashi kerak. Shtativlar mexanik defektlarga ega bo‘lmasligi kerak. Optik markazlashtirgichlar dala ishlaridan oldin, tekshirilgan va yustirovka qilingan bo‘lishi kerak.
Ob’ektga chiqishdan oldin, zaryad qurilmasini ishlashini va akkumulyator batareyasini zaryadlanganligini tekshirish kerak bo‘ladi.



Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin