Yig’ilish raisi: M. Temirova Yig’ilish kotib: M. Qorayeva Qatnashdi



Yüklə 444,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.05.2023
ölçüsü444,82 Kb.
#126522
giyohvandlik bayonnoma



Farg'ona viloyati Buvayda tumani 32-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Giyohvandlik umr 
zavoli” mavzusida o`tkazilgan yig`ilish 
BAYONNOMASI 
“ 11 ” - fevral 2022 yil
 
Yig’ilish raisi: M.Temirova 
Yig’ilish kotib: M. Qorayeva 
Qatnashdi : 
Maktab jamoasi, 8-9 sinf o`quvchilari, maktab Manaviy va marifiy ishlar bo'yicha 
direktor o'rinbosari M.Mamadaliyeva, maktab psixologi N.Fayzullayeva
Kun tartibidagi masala 
1. “Giyohvandlik umr zavoli” 
Eshitildi: 
Manaviy va marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M.Mamadaliyeva. so‘zga chiqib 
mamlakatimizda giyohvandlik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish 
borasida samarali ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladilar. Zero, giyohvandlik kishilar 
sog‘lig‘iga putur yetkazib qolmay, butun jamiyat, kelajak uchun ham xavfli oqibatlar keltirib 
chiqarishi yaxshi ma’lum. Ayni vaqtda giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida yoyilishini bartaraf 
etish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash maqsadida huquq-tartibot 
idoralari, jamoat tashkilotlari, mahallalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari tomonidan olib 
borilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha so‘zladi. O'quvchilarga "Giyohvandlik umr zavoli "
mavzusidagi video rolik qo'yib berildi. 
Giyohvandlikka qarshi kurashishda mahalla, ta’lim dargohlari va jamoat tashkilotlarining 
hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi, yig’ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga asr 
vabosining salbiy oqibatlarini hayotiy misollar orqali ko‘rsatib berishdan iborat. 
Maktab xotin qizlar qo`mitasi raisi F. Do'saliyeva so`ziga chiqib mamlakatimizda hukm 
surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, milliy qadriyatlar va an’analarning 
rivojlanishi iqtisodiyotimiz yuksalishi va xalqimiz farovonligining yanada oshishiga xizmat 
qilayotgani ta’kidlandi. Bugungi kunda tumanda o‘ndan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoq 
yashamoqda. Tuman xotin-qizlari orasida iqtisodiyot, madaniyat va san’at, sport kabi talay 
sohalarda o‘z kuch va imkoniyatlarini namoyon etayotganlar ko‘p. Fermerlik va tadbirkorlik 
sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar soni ham muttasil o‘smoqda. Ayni paytda ularni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoyalashga katta e’tibor 
qaratilayapti. 
maktab psixologi N.Fayzullayeva : Sir emaski, bugungi kunda giyohvand moddalar bilan 
bog`liq muammolar dunyoning hamma mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug`dirib, o`sib 
kelayotgan avlod salomatligi, barkamol rivojlanishi uchun to`siq bo`lmoqda. Chunki 
giyohvandlik vabosiga asosan yoshlar chalingan. 
Mamlakatimizda giyohvandlik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga 
qarshi kurash davlat tizimi yaratilgan. Unda huquqni muhofaza qilish organlari, sog`liqni 
saqlash, ta`lim, madaniyat muassasalari kiritilgan. 
Ushbu masala yuzasidan yug`ilish 


QAROR QILADI : 
 
1. O`quvchilar o`rtasida “Giyoxvandlik umr zavoli” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy kechalar 
tashkil qilinsin. 
2. Tasviriy san`at fani o`qituvchilari “Giyoxvandlik umr zavoli” mavzusida rasmlar tanlovi 
o`tkazilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. 
Yig’ilish raisi: M.Temirova 
 
Yig’ilish kotib: M.Qorayeva 



Yüklə 444,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin