Ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot .
XX asrning boshida Angliya jahondagi eng qudratli va eng boy davlatlardan bo`lib , hali ham jahon savdosida birinchi o`rinni egallar edi. Okeandagi kemalarning deyarli yarmi Britaniya imperiyasi bayrog`l ostida suzardi. London jahonning moliyaviy markazi bo`lib , Angliyaning funt- sterling jahon savdosidagi hisob - kitob uchun ishlatiladigan pul hisoblanardi.
Angliya sanoati XIX asrning so`ngi o`n yillaridagiga nisbatan tez rivojlandi. Sanoatning yangi tamoqlari kimyo va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish ayniqsa tez o`sdi. Chunonchi 1900-1903 yillarda cho`yan eritish 14,5%, ko`mir qazib chiqarish esa 30 % ga o`sdi1910 -yilda chet ellardagi ingliz kapitali qariyib 3,7 milliyard fund sterlenga yetdi. Bu kapital Angliyada juda katta daromadlar keltirardi. Chetda kelayotgan daromadlar 1912 -yilda 176 ming fund sterlingni tashkil etdi.
Birinchi jahon urushi arafasida Angliyada 12 ta yirik bank barcha bank kapitalining 70 % o`z qoMiga olgan edi. Angliya o`z ehtiyojlariga katta mablag` sarfladi, u XX asrning dastlabki 14 yili moboynida 3 baravar ko`paydi. Kasaba uyushmalarining faollashganligi va son jihatdan o`zganligi ishchilar harakatida siljish yuz berganini ko`rsatdi. Tred - yunionlarga a`zo bo`lganlarning soni 1900 yilda 1.955.700 kishi bo`lgan bo`lsa, 1913 yilda kelib 3.987.100 kishiga yetdi.
Birinchi jahon urushigacha ishchilar ahvoli og`irligicha qolaverdi. Ishchilar mustamlakachilik siyosatiga va Angliyaning urushda ishtirokida keskin qarshilik bildirdilar.
Angliyada kapitalizm konsentratsiyasi bilan mamlakat siyosiy hayotida reaksiya kuchaydi. Solsberining konservativ hukumatida (1895-1902) mustamlakalar vaziri lavozimiga Jozef Chemberling tayinladi. U xalq ommasini Britaniyaning mustamlakalariga ega boMishi ingliz mehnatkashlariga foydali, degan asoslash fikrga o`rinlidir.
Konservatorlar hukumati 1900 yil sentabrda parlamentni tarqatib yubordi va burlarga qarshi urushni muvaffaqiyat bilan ta`minlaymiz, degan shoir ostida o`tkazilgan saylovlarda g`alaba qozondi. Tred -yunionlarning 1900 yilda Sadderschilda bo`lgan kongressni Angliyaning janubiy Afrikada olib borayotgan urushni qoraladi. Urush tamom boMgach ingliz burjiaziya saflarida kurash kuchayib ketdi.
Bosh vazir Solsberi istefo berdi. 1902 yil iyulda uning o`rnini olgan Balfur Chemberlen g`oyasiga hayrihoh, boMsada uni amalga oshirishga botina olmadi.
Liberallarning taktikasi o`z samarasini berdi. 1906 yil dekabrdagi parlament saylovlarida liberallar ko`p ovoz oldilar. Hokimiyat KompbellBannerman boshchiligidagi liberallar qo`liga o`tdi. 1906 yili hukumat ishchilar harakatining tazyiqi ostida Taff vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qarorni parlament orqali bekor qildi. Shu bilan birga ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar bo`lgan taqdirda ishchilarga haq to`lash to`g`risidagi oldingi qonunning amal qilish doirasini kengaytirdi. 1908 yilda yer ostida ishlayotgan konchilar uchun 8 soatlik ish kuni joriy qilish to`g`risida qonun va keksa ishchilar uchun nafaqalar to`g`risida qonun qabul qilindi. Unga ko`ra 70 yoshga yetgan ishchilarga nafaqa beriladigan boMdi.
Keksa va kasal bosh vazir Kempbell Bannerman 1908 -yilda iste`fo berdi. Uning o`rniga liberal Askvit hokimiyatni boshqardi. Liberallar hokimiyat tepasida 1916 -yilgacha turdilar. Moliya vaziri lavozimini Lloyd Jorj egalladi. 1910 -yildagi saylovlarda ham liberallar g`alaba qozondilar.