1933-yilda ingliz-eron neft kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, kompaniyaning davlatga to'laydigan to'lovi miqdori oshirildi. Buning evaziga Kompaniya ijara muddatini 1993-yilgacha uzaytirib oldi. Rizoxon Sovet davlati bilan munosabatlarni tobora cheklab qo'yish siyosatini yuritdi. 30-yillar oxirida Eron va Sovet davlati o'rtasidagi savdo munosabatlari to'xtab qoldi. Ayni paytda Germaniya bilan yaqinlashuv kengaya bordi. Eron tashqi savdosining 40—45 foizi Germaniyaga to'g'ri keldi. Eron strategik jihatdan Germaniya uchun nihoyatda zarur edi.