M3.GOʻ.14 Suyuqliklar hajmi va jismlarning vaznini gramm (g), kilogramm (kg), tonna (t) va litr (L) birliklardan foydalanib oʻlchaydi;
M3.GOʻ.15 Vaqt birliklari: yil, oy, sutka, soat, minut (daqiqa), sekund (soniya) va ular orasidagi munosabatlarni (1 minut (min) = 60 sekund (s), 1 soat (h) = 60 minut (min), 1 sutka = 24 soat (h), 1 yil = 12 oy) biladi. Soat boʻyicha vaqtni minutgacha aniqlaydi. Tushdan oldin va tushdan keyingi vaqt, vaqtni rejalashtirish (kun tartibi) kabilarni tushunadi;
M3.GOʻ.16Massa, sig‘im, vaqt, haroratni oʻlchash moslamalari va ularning shkalalari (tarozi, soat, termometr, suyuqlik idishlari)ni taniydi va foydalana oldi;
M3.GOʻ.17 Oʻlchashda oddiy kasrlar va sonlardan foydalanadi;
M3.GOʻ.18 Rim raqamlari bilan tanishadi, oʻqiydi va yozadi. Soatlarni ifodalashda rim raqamlaridan foydalanadi;
M3.GOʻ.19 Vaqt va davomiylikka doir soʻzlardan (soat, ertalab, kechqurun, kunning yarmi, peshin, yarim tun, ertaga, kecha, bugun) muloqotda foydalanadi.
EHTIMOLLIK VA STATISTIKA M3.ES.1 Real vaziyatlarga oid ma’lumotlar toʻplaydi, ularni turli koʻrinishlarda (ma’lumotlar qatori, diagrammalar (chiziqli, ustunli), jadvallar) ifodalaydi va tahlil qiladi;
M3.ES.2 Narsalar va sonlarning koordinata – joylashuv oʻrniga doir masalalarni yechadi;
M3.ES.3 Shkala va sonlar nurini biladi.
2023-2024 o‘quv yili uchun 3-sinf O‘QISH SAVODXONLIGI fanidan taqvim mavzu rejasi
haftasiga 3 soatdan