A1+ axborot manbalardan (turli badiiy adabiyotlardan) oqilona foydalana olish va ulardan xulosa chiqarish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlay olish;
o‘z xatosini tushunib, tuzatishga harakat qilish;
turli janrdagi (ertak, masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish;
yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirish.
A1+ o‘zini nazorat qilish;
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 davlat ramzlarini bilish;
o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini bilishi va unga rioya qilish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlari va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
A1+ sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish;
milliy bayramlarni bilish;
odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
A1+ o‘z uyi, maktabi, turar mahallasini qadrlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompentensiyasi: A1 maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
tejamkorlikka rioya qilish;
kundalik rejalarini tuza olish.
A1+ ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan narsalardan (o‘quv qurollari, kiyim-kechagi va h.k.) tejab foydalanish.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
TK - tayanch kompetensiyalar TK1 - kommunikativ kompetensiya