Ogʻzaki nutq OTOʻS.3.ON.1 suhbat jarayonida uchinchi sinf darajasiga mos mavzular yuzasidan adabiy talaff uz qoidalariga rioya qilgan holda ravon soʻzlay oladi
OTOʻS.3.ON.2 kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi, fi krini bildiradi va asoslab bera oladi
OTO‘S.3.ON.3 suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fi kriga munosabat bildiradi, munosabatini asoslab beradi, boshqalarning fi krini o‘z so‘zlari bilan aytib bera oladi
OTOʻS.3.ON.4 suhbat yoki muhokama jarayonida maʼlumot yoki mulohazani aniqlashtirish uchun savollar beradi, tengdoshlarining savollariga javob bera oladi
OTOʻS.3.ON.5 sinf darajasiga mos sheʼrlarni yoddan, ifodali va ravon aytib bera oladi
OTOʻS.3.ON.6 sinf darajasiga mos mavzu hamda holatlarda rasm, shaxs, narsa va hodisalarni tasvirlab beradi, qoʻshimcha detallar kirita oladi
OTOʻS.3.ON.7 sinf darajasiga mos matnlarni oʻqib / tinglab boʻlgach, uning asosiy mazmuni va gʻoyasini aytib beradi, rollarni ijro eta oladi
OTOʻS.3.ON.8 sinf dasturidagi avvaldan berilgan mavzu yuzasidan bilimlariga tayangan holda kichik taqdimot oʻtkaza oladi.
OTOʻS.3.ON.9 sinf dasturidagi mavzu yoki shaxsiy qiziqishlari haqida tayyorgarliksiz, tartibli nutq soʻzlaydi, oʻz nutqini aniqlashtiruvchi detallar bilan boyita oladi
OTOʻS.3.ON.10 sinf darajasiga mos mavzu yuzasidan taqdimot nutqi tayyorlaydi, mavzudan chetlashmagan holda soʻzlaydi, maʼlumotlarni tartibga soladi, nutqini mazmunni aniqlashtiruvchi detallar bilan boyita oladi
Tinglab tushunish OTO‘S.3.TT.1 uchinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa yoki joy haqidagi maʼlumotlar so‘zlovchi tomonidan ochiq ifodalanganda savollarga javob bera oladi
OTOʻS.1.TT.2 dialog yoki suhbat jarayonida soʻzlovchining oʻzgarganini anglay oladi
OTOʻS.3.TT.3 soʻzlovchi nutqidagi ohangga tayanib soʻroq, darak, buyruq hamda his-hayajon gaplarni farqlay oladi
OTOʻS.3.TT.4 sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglagach, uning asosiy mazmunini, voqealar ketma- ketligi va gʻoyasini aytib bera oladi
OTOʻS.3.TT.5 sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida voqea-hodisa sodir boʻlayotgan makon hamda zamon haqida taxmin qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi
OTOʻS.3.TT.6 soʻzlovchining uch bosqichli hamda birma-bir aytilgan koʻp bosqichli koʻrsatmalarini tushunadi va ularga amal qila oladi
OTOʻS.3.TT.7 sinf darajasidagi ogʻzaki, media, reklama, badiiy hamda informativ matn haqida oʻz fi krini bildiradi va asoslab bera oladi
OTOʻS.3.TT.8 sinf darajasiga mos ogʻzaki matnlar uchun rasm, chizma, shakllarni tanlay oladi