Nazorat uchun savollar.
1. Yol xojaligida mehnat unumdorligining osishining ahamiyati nimalarda kozga
tashlanadi?
2. Mehnat unumdorligini olchashning qanaqa uslublari bor?
3. Yol xojaligida mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarini ayting?
73
4. Yol xojaligida haq tolashning turlari va tizimlarini ayting?
5. Ish haqini tashkil etishning tarif tizimining roli qanday?
6. Rahbar xodimlar, mutaxassislar va xizmatchilar mehnatiga qanday haq
tolanadi?
7. Ish haqini takomillashtirishning asosiy yonalishlari qanday?
Mavzu-6. Yol xojaligida (narxlarning paydo bolishi) narxlash va smeta ishi.
Reja:
6.1. Yol xojaligida narx shakllanishining oziga xos tomonlari.
6.2. Smeta xarajatlari
6.3. Smeta hujjatlarining tartibi va tarkibi.
6.4. +qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi.
6.5. Shartnomaviy narxlar.
6.6. Smeta hujjatlarini kelishtirish, ekspertiza qilish va tasdiqlash.
Asosiy iboralar va tushunchalar: Ortalashtirilgan qiymat, smeta qiymati, limit
va shartnoma narxi, togridan-togri harajatlar, ustama harajatlar, jamgarmalar, bir
bosqichli va ikki bosqichli loyihalashtirish, lokal smetalar, smeta me’yorlari va
normativlari, (YeNIR, YeRER, UPSS).
Narxlanish (narx shakllanishi) tizimi mamlakat bozor iqtisodiyotining zaruriy
vositasi sanaladi. Yol xojaligida narxlarning shakllanishi asosida narxlar boyicha yagona
umumdavlat siyosati yotadi va uning asl mohiyati korxona (tarmoq) harajatlarini qoplash,
foydaning
shakllanishi,
ishlab
chiqarishning
rivojlanishini
ragbatlantirish
va
ishlovchilarning oz mehnatlarining natijalaridan manfaatdor bolishlarini ta’minlashga
birdek yondoshishni ta’minlashdir.
Mahsulotlarning narxi shunday belgilanishi kerakki, yol xojaligining mo’tadil
ishlayotgan korxonasi uni realizatsiya qilganidan song mahsulotni ishlab chiqarish uchun
zarur bolgan ijtimoiy harajatlarni qoplash, davlat byudjeti yoki yuqori organlarda zaruriy
tolovlarni tolash va undan tashqari ozining rivojlanishi uchun mablagga ega bolish
imkoniyatiga ega bolsin.
Narxlarda mahsulotning iste’mol xususiyatlari, uning sifati va foydaliligi hisobga
olinadi.
74
Iqtisodiy nazariyada narxlar shakllanishiga bir necha xil qarashlar mavjud. Kapital
qurilishda «ortacha qiymat» tushunchasi qabul qilingan bolib, unga kora narx ortacha
tarmoq qiymatiga (ijtimoiy zaruriy harajatlar), tannarxiga proporsional bolgan
«rejalashtirilgan jamgarmalar» deb ataluvchi sof daromadni qoshib hisoblash asosida
aniqlanadi. Amalda tannarx ijtimoiy zaruriy harajatlar miqdoridan bir qator omillar
ta’sirida boshqacha boladi va ularning korsatadigan ta’siri korxona rejasining
shakllantirishda hisobga olinadi.
Yol xojaligida ham ortacha qiymat tushunchasi qabul qilingan. Narx vazifasini
smeta qiymati ifoda etadi. Smeta bu ob’ektni qurishga yoki ta’mirlashga boladigan
barcha harajatlarning hisob-kitobini tasvirlaydi.
Yol xojaligida qabul qilingan narxlarning shakllanish uslubi boshqa tarmoqlardan
farq qiluvchi qator muhim xususiyatlarni hisobga oladi, shu jumladan:
-qurilish ob’ekti joylashgan yerdagi iqtisodiy-geografik va transport omillarining
avvaldanoq aniq bolishligi;
-qollaniladigan hajm-tekislash, konstruktiv va texnologik qarorlarning mahalliy
qurilish sharoitiga nihoyatda bogliqligi;
-quriladigan ob’ektlarning liniyaviy xarakterdaligi;
-ishlarni amalga oshirishda mahalliy qurilish materiallari, ishlab chiqarish
chiqindilari va ikkilamchi resurslarning keng qollanilishi;
-yol qurilishi va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmida transport ishlari
salmogining yuqoriligi, materiallar va konstruksiyalar tashilish masofasi ularning
qiymatiga ta’sirini katta bolishi.
Narxlarning shakllanish jarayoni oz ichiga uchta bosqichni oladi:
-texnik iqtisodiy asoslash va texnik iqtisodiy ishlab chiqarish, ya’ni loyihalashni
boshlashdan avvalgi bosqichda, limit narxlarni aniqlash;
-loyihani ishlab chiqarishda qurilishning yoki rekonstruksiya qilishning smeta
qiymatlarini hisoblash chiqish;
-buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari ozaro kelishgan holda
shartnomaviy narxlarni belgilab olish.
Davlat buyurtmasiga kora amalga oshiriladigan qurilishlar (masalan, umumdavlat
va respublika ahamiyatiga ega bolgan yollar) boyicha limit narxlari majburiy ravishda
aniqlab chiqiladi.
75
Limit narxlari topshiriqda loyihalashtirishda kozda tutilgan inshootlar uchun
ularning texnik va iqtisodiy parametrlari mos keluvchi normativ rolini bajaradi. Limit
narxlari darajasi kapital mablaglar sarfining qoplanish muddatlari normativlaridan kelib
chiqilgan holda aniqlanishi kerak. Shu sababli limit narxlari loyihalashtirish va qurilish
jarayoni uchun kapital mablaglar sarfining chegarasini belgilaydi va uning miqdori
shundan ortib ketmaligi kerak. Limit narxlarining ortib ketishi tasarrufga topshirilayotgan
ob’ektlar boyicha kapital mablaglar samaradorligi loyihalashtirish oldi bosqichida
hisoblangandan kora past bolishligini bildiradi.
Smeta qiymati loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan muxandislik yechimlari
asosida belgilanadi va loyiha tarkibida tasdiqlanadi. Bunda uning qiymati tasdiqlangan
royxat boyicha besh yillik muddatga yangidan qurilishi boshlanadigan va rekonstruksiya
qilinishi texnik iqtisodiy asoslanishiga togri kelishi yoki undan past bolishi kerak.
Shartnomaviy narx - qurilish va yol xojaligida tovar-pul munosabatlarining
butunlay yangicha bolgan kategoriyasidir. Shartnomaviy narxning yuqori chegarasi
ob’ekt qurilishi yoki rekonstruksiyasining limit narxi bolsa, pastki chegarasi
pudratchining xojalik hisobi manfaatlarini hisobga oluvchi loyihalashtirish bosqichida
aniqlangan smeta qiymatidir.
+qurilishda (shu jumladan yol qurilishida), hamda yol xojaligida narx
shakllanishining markaziy masalasi loyihani ishlab chiqarishda hisoblanadigan smeta
qiymati sanaladi, chunki huddi shu smeta qiymati qurilishda shartnomaviy narxlarni
aniqlash uchu nasos bolib xizmat qiladi. Smeta xizmatini aniqlash uchun loyiha tarkibida
smeta hujjatlari deb ataluvchi hisob-kitob va hujjatlar kompleksi ishlab chiqiladi. Loyiha
tarkibida ishlab chiqiladigan (qurilish va texnologik yechimlar, qurilishni tashkil etish,
smeta hujjatlari), barcha hujjatlar kompleksi birgalikda loyiha-smeta hujjatlari deb
ataladi.
Тogri tuzib chiqilgan, pudratchi tomonidan qabul qilingan va belgilangan tartibda
tasdiqlangan smeta hujjatlari butun qurilish davri uchun ozgarmas bolib, qurilish yoki yol
ob’ekti ta’mirlanishiga ajratilgan mablaglarning togri sarflanishi ustidan nazorat olib
borish vositasi bolib xizmat qiladi.
Smetalarda kozda tutilgan avtomobil yollari, kopriklar, yol inshootlari qurilishi
bilan bogliq bolgan barcha harajatlar qurilishning umumiy smeta qiymatini aks ettiradi
(zarur bolgan umumiy kapital mablaglar sarfini). Umumiy smeta qiymatini alohida
76
harajat turlariga ajratib chiqish va ularning umumiy smeta qiymatidagi salmogini
foizlarda aniqlashga, qurilish smeta qiymatining strukturasi (tarkibiy tuzilishi) deyiladi.
Kapital mablagning strukturasiga muvofiq ravishda qurilishning smeta qiymati tarkibi
qurilish ishlariga (yer polotnosini tayyorlash, tayyorgarchilik ishlari, sun’iy inshootlar,
yol qoplamasi, yol xizmatining bino va inshootlari, yollarni obodonlashtirish va
boshqalar), texnologik uskunalarni sotib olishga, qurilayotgan ob’ekt uchun inventar va
asbob-uskunalar sotib olishga, montaj ishlariga, boshqa harajatlarga (loyiha-izlanish
ishlari, qurilishni texnik nazorat qilish, ilmiy-tekshirish ishlari, harakatlanuvchi
xarakterdagi ish uchun ish haqiga qoshimcha tolovlar va hokazo) ajratiladi.
+qurilish smeta qiymatining strukturasi asosan qurilayotgan ob’ektning turi va
vazifasiga bogliq. Sanoat qurilishida ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ob’ektlarni
tiklashda qurilish-montaj ishlarining salmogi 40-55% ni, ishlab chiqarishga xizmat
qilmaydigan ob’ektlarda 75-90% ni tashkil etadi. Yol xojaligida esa asosiy orinni
qurilish-montaj ishlari egallab, uning qurilishning umumiy smeta qiymatidagi salmogi
90% ga yaqin boladi.
Har qanday turdagi ishlarni bajarish yoki har qanday konstruktiv elementni
tiklashda smeta harajatlari iqtisodiy mohiyatiga kora smeta harajatlari guruhini tashkil
etuvchi kompleks kalkulyatsion moddalarga birlashtiriladi. Kalkulyatsion moddalar
qurilishda smeta hisob-kitoblarini bajarish boyicha qabul qilingan yagona uslubiyotga
muvofiq aniqlanadi.
Smeta harajatlarini guruhlashtirish ularni quyidagi moddalarga ajratilishini kozda
tutadi: togridan-togri harajatlar, (ТХ) ustama harajatlar(UХ) va rejalashtiriladigan
jamlanmalar (RJ) S
kmi
qТХ+UХ+RJ. Har qanday ob’ektning smeta qiymati alohida
konstruktiv elementlar va ish turlari qiymatidan tashqari oz tarkibiga limitlangan
harajatlar deb ataluvchi vaqtinchalik binolar va inshootlar, boshqa ishlar va kozda
tutilmagan ishlar uchun harajatlarni ham oladi. Avtomobil yolini qurishning toliq smeta
qiymati alohida konstruktiv elementlar boyicha smeta qiymatlarini qoshib topiladi (yer
polotnosi, yol qoplamasi, sun’iy inshootlar, yollarni jihozlash va limitlangan harajatlar).
Dostları ilə paylaş: |