43
Yillik amortizatsiya uyushmasining assoiy fondlar qiymatiga bolgan foiz nisbatiga
amortizatsiya ajratmalarining me’yori deyiladi, ya’ni
100
Ф
А
Н
Amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari asosiy fondlarning tabiiy va ma’naviy
eskirishlarini hisobga olgan holda belgilangan.
2 tonnagacha yuk kotaruvchi yuk avtomobillari uchun amortizatsiya me’yorlari
ular qiymatidan har 1000 km bosib otilgan masofa uchun belgilangan.
Binolar va inshootlar boyicha amortizatsiya ajratmalarining me’yorlari ularning
konstruksiyasi va kapital qurilganligiga bogliq ravishda gishtni va temir beton binolar
uchun 2,4-4,7%, yogochdan bolgan binolar uchun 7,0% etib belgilangan. Uy joy binolari
uchun amortizatsiya ajratmalari faqat ularni kapital ta’mirlash uchungina hisoblanadi.
Barcha asosiy fondlarga amortizatsiya ajratmalari oyma-oy hisoblab boriladi, faqat
belgilangan tartibda konservatsiyaga otkazilgan ob’ektlar bundan mustasno.
Тa’mirlashda yoki toxtab turib qolgan mashinalar uchun amortizatsiyani
hisobga olish
toxtatilmaydi. Ijaraga berilgan asosiy fondlar uchun amortizatsiya ajratmasi ijaraga
beruvchi tomonidan hisoblanadi.
Amortizatsiya ajratmalari fondlarining xizmat muddatidan qat’iy nazar
hisoblanaveradi. Agar asosiy fondlar tarkibiga kiritilgan ob’ekt, xizmat muddati
tugamasdan turib ishdan chiqsa, u holda uning ma’lum bir
qismi qiymati yaratiladigan
mahsulotga otmasdan qolib ketadi. Natijada zarar koriladi va bu zararning miqdori asosiy
fondning likvidatsiya qilinish vaqtiga bolgan qoldiq qiymati bilan, uni likvidatsiya
qilishdan tushgan mablag ortasidagi farqga teng boladi. Bu zarar moliyaviy faoliyat
natijasiga, ya’ni foydalar va zararlar schetiga otkaziladi. Bunday holatlarda tasarruf
etilishi toxtatilgan ob’ektlarni oz vaqtida hisobdan chiqarish muhim ahamiyatga ega. Aks
holda, ularning ishdan chiqishi bilan bogliq bolgan zararlar
yashiringan holda qolib,
ob’ektlar avvalgidan asosiy fondlar hisobida turaveradigan va qurilish va yol mashinalari
tasarrufi xarajatlari boyicha qurilish montaj ishlari tannarxining ortishiga sababchi
boladilar. Va aksincha, belgilangan me’yorlarga nisbatan ob’ektlarning ishlash
muddatlarining uzayishi yol qurilish (ta’mirlash) tashkilotiga amortizatsiya ajratmalari
korinishidagi qoshimcha mablaglarga ega bolish imkonini beradi.
Asosiy fondlar boyicha amortizatsiya ajratmalari me’yorlangan miqdorda qurilish
mahsulotining narxiga kiradi. +qurilish va ta’mirlash
qurilish ishlari uchun
44
moliyalashtiruvchi tashkilot smeta narxlari boyicha tolovlarni amalga oshirar ekan, u
qurilish (ta’mirlash qurilish) tashkilotiga, asosiy fondlardan togri foydalanish sharoitida,
tegishli amortizatsiya uyushmalarini ham tolab turgan boladi. Ammo amalda hisoblangan
va mahsulot tannarxiga kirgizilgan amortizatsiya miqdori amalda mavjud bolgan asosiy
fondlar va ulardan foydalanish rejimiga bogliq ravishda smeta narxiga kiruvchi
uyushmadan kora koproq yoki kamroq bolishi mumkin. Asosiy fondlarning ortiqcha
bolishligi yoki ulardan yomon foydalanish amalda
mahsulot narxiga kiruvchi
me’yorlangan darajadagidan kop amortizatsiya hisoblanishiga va bu modda boyicha
zararning paydo bolishiga olib keladi.
Asosiy
fondlarning
har
bitta
ob’ektiga
amalda
ulardan
qanday
foydalanilayotganligidan qat’iy nazar amortizatsiya hisoblanadi. Shu sababli qurilish va
yol mashinalari ishini tashkil etishni yaxshilash, ularga texnik xizmat korsatish va
ta’mirlash usullarini takomillashtirish mashinalarning yillik
ish kunlari sonini orttirib,
amortizatsiya ajratmalari salmogining kamayishi hisobiga mashina smena tannarxining
kamayishiga olib keladi.
Yol tashkilotlari butun amortizatsiya ajratmasi uyushmasidan mustaqil ravishda,
ularni ishlab chiqarish va fan texnikani rivojlantirish yoki shunday ishlarga moljallangan
boshqa fondlarga yonaltirish orqali foydalanadilar.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun
xizmat qiladigan korxonaga tegishli bolgan mablaglar manbalarining biri bolib
hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini
toldirib turish uchun, foydadan
tasdiqlangan normativlar asosida, ishlab chiqarishni, fan texnikani rivojlantirish fondiga
mablaglar ajratiladi. Undan tashqari ushbu fondga hisobdan
chiqib ketayotgan asosiy
fondlarni realizatsiya etiladigan boladigan tushumlar toliq yonaltiriladi.
Korxonalar ozlarining ishlab chiqarishni, fan texnikani rivojlantirish fondlaridan,
ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish, uni texnik jihatdan qayta jihozlash
va rivojlantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish tadbirlarni joriy etish, yangi texnikani joriy
etish uchun bankdan olingan ssudalar uchun qarzlarni tolash, qisqasi asosiy fondlarni
oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish (tiklash) maqsadlarida
erkin va bemalol
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: