«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» fanidan 5580600 «Тransport inshootlaridan foydalanish» va


Aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish yollari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə13/35
tarix04.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#138180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» fanidan 5580600 -fayllar.org

Aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish yollari 
Yol xojaliklarida aylanma mablaglar aylanuvchanligini oshirish ilmiy texnika
progressining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, uni tashkil etish va
boshqarishni takomillashtirish bilan chambarchas bogliq.
Aylanma mablaglarning aylanuvchanligi yol xojaligining bevosita qurilish-montaj
va ta’mirlash - qurilish, avtomobil yollarini qurish va ta’mirlashni materiallar va
yarimfabrikatlar, transport bilan ta’minlovchi barcha bolimlarining faoliyatlari natijasiga
ham bogliq. Aylanuvchanlikni oshirishda reja bolimi ishini aniq tashkil etish, moddiy
texnika ta’minoti, buxgalteriya, moliyaviy xojalik bolimlari ishi ham katta ahamiyatga
ega.
+qurilish ob’ektlari muddatlari yoki alohida ishlarning bajarilishiga sarflanadigan
vaqtlarning qisqartirilishi tugallanmagan ishlab chiqarishning umumiy hajmini
kamayishiga va oz navbatida aylanma mablaglar aylanuvchanligining tezlashuviga olib
keladi.
Aylanma mablaglar qiymatiga ishlab chiqarish moddiy boyliklari zahiralarining
miqdori katta ta’sir korsatadi. Ishlab chiqarishning material zahiralari, buyumlar,
konstruksiyalar, yarimfabrikatlar miqdorlariga juda kop omillar: yetkazib beruvchilarning
uzoq - yaqinligi, yetkazib berishlarning bir maromligi va tezligi, transport turlari va
tashish usullari, yetkazib berishlarning komplektligi va yetkazib berish hajmlari, yuklarni
qabul qilish va ortish-tushirish harajatlari, omborxonalarga joylashtirish va
komplektovkalash, hisob-kitob formalari va hujjatlarning aylanish tezliklari ta’sir etadi.



57
Moddiy texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining


omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablaglarga
bolgan extiyojning kamayishiga sababchi boladi. Material zahiralaridagi aylanma
mablaglarni ortiqcha bolgan moddiy boyliklarni aniqlash va realizatsiya qilish, tashish
masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar
xojaligini togri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir
etadi.
Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bolmasligining muhim shartlaridan
biri tayyorlovchi-zavodlar tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni
qisqartirish maqsadida, tayyor holda va togridan-togri qurilish maydonlariga, yetkazib
berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan: kichik va ortacha kopriklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha
yigma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish maydonida moddiy-texnika
ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni toxtatib oldini olish maqsadida, avvaldan
tayyorlab qoyilishi kerak. materiallar va konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodlar
tomonidan nokomplekt holda yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi
zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa oz navbatida qoshimcha ravishda aylanma
mablaglarga ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Aylanma mablaglarga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni
ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda yetkazib berish katta ahamiyatga ega.
Yol xojaligida amalda qollaniladigan sezonlik zahira tayyorlash aylanma mablaglarga
bolgan ehtiyojni kopaytiradi va aylanuvchanlikni sekinlashtiradi.
Muomala fondlaridagi aylanma mablaglar strukturasini tahlil qilish belgilangan
normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablaglarni aniqlash imkonini
beradi. Bu mablaglar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan
schetlar boyicha tolovlarni oz vaqtida amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa
tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar yoki korsatilgan xizmatlarga haq
tolanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadilar. Hisob-kitoblarni amalga
oshirishlarda tartib ornatish, moliyaviy intizomga rioya qilish – muomala fondlaridagi
mablaglarning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yoldir


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin