Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni baholash. Uzoq muddatli transport turi hisoblangan temir yo‘l transporti segmentlarida har chorakda tadqiqotlar o‘tkazib “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ ning filiallari tomonidan amalga oshirilib borilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Temir yo‘l vokzallari va to‘xtash punktlari boshqarmalari tomonidan har chorakda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari to‘g‘risida yo‘lovchilar bilan so‘rovnomalar o‘tkazishi va natijalarni baholab borishi yo‘lovchi vokzallariga yo‘lovchilarni jalb qilish uchun muhim omil hisoblanadi Quyidagilar yo‘nalishlar tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak: kutish zallari, bilet kassalari, saqlash kameralari, axborot punktlari, ovqatlanish joylari (restoran, kafelar va h.k), yordam ko‘rsatuvchi ishchilari, xavfsizlik va jamoat tartibi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida, vokzallarda va to‘xtash punktlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish, yangi xizmat turlarini joriy qilish zaruratlari to‘g‘risida tasavvur shakllanib “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ning filiallari faoliyatini yaxshilash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Temir yo‘l stansiyalarini, to‘xtash punktlarini jamoat va individual transport stansiyalarini o‘zaro uzviy bog‘liqlikda joylashtirish uchun zarur hududlarni aniqlash va ularni joylashtirish hozirgi kunda dolzarb masala bo‘lib bormoqda. Yo‘lovchilarni ommaviy almashish punktlari sifatida temir yo‘l stansiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor talab qilmoqda.
Yo‘lovchilarni vokzalda yurish-turish qoidalari
temir yo‘l vokzali — yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan temir yo‘l stantsiyasidagi bino yoki binolar kompleksi, inshootlar va qurilmalar;
yo‘lovchilar platformasi (perroni) — stantsiyalarda yoki to‘xtash shoxobchalarida yo‘lovchilarning vagonlarga qulay va xavfsiz o‘tishi, ularning vagonlarga chiqishi va tushishi uchun qulaylashtirilgan maydoncha.
Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududiga ko‘zdan kechirilgandan so‘ng kiritiladi.
Yo‘lovchilar temiryo‘l vokzali (stantsiyasi) hududida qo‘l yuki va bagajni tashish uchun aravachalardan bepul foydalanishadi.
Temiryo‘ldan o‘tishi faqat buning uchun belgilangan va jihozlangan joylarda (piyodalar o‘tish yo‘llari, piyodalar ko‘prigi yoki er osti yo‘llari) amalga oshiriladi.