Nogironlik aravachasidagi shaxslar temiryo‘ldan faqat piyodalar o‘tish yo‘llari orqali va albatta kuzatuvchi bilan o‘tishilari lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Yo‘lovchi avtovokzallari va yo‘lovchi avtostansiyalari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
o‘lovchi avtovokzallari va yo‘lovchi avtostansiyalari to‘g‘risidagi NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, yo‘lovchi avtovokzallari va yo‘lovchi avtostansiyalarining faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
avtovokzal (avtostansiya) — transport-ekspeditsiya, tashish faoliyatini amalga oshiruvchi va yo‘lovchilarga boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot;
chipta kassasi — yo‘l chiptalarini sotish va yo‘lovchilarga yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumot berishga mo‘ljallangan punkt;
perron — avtotransport vositalarini qabul qilish va jo‘natish, yo‘lovchilarni avtotransport vositasiga xavfsiz chiqarish va undan tushirish uchun mo‘ljallangan qurilma;
perron (chipta) nazoratchisi — avtotransport vositalarining sanitariya-gigiyena holatini, yo‘l hujjatlari va chiptalarning mavjudligi va holatini, avtotransport vositalarining harakatlanish jadvaliga muvofiq jo‘natilishini nazorat qiluvchi shaxs;