Yo’lovchi tashish vakzallari va stansiyalari


yo‘lovchilarning aynan bir vaqtdagi sig‘imi



Yüklə 359,23 Kb.
səhifə4/6
tarix20.04.2023
ölçüsü359,23 Kb.
#125652
1   2   3   4   5   6
7-mavzu

yo‘lovchilarning aynan bir vaqtdagi sig‘imi — avtovokzallarda (avtostansiyalarda) jo‘natilayotgan va kirib kelayotgan hamda bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilar kutish zallarida va yo‘lovchilar xonalarida sig‘ishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilarning umumiy soni;
avtovokzal (avtostansiya) ishlarining texnologik jarayoni — avtovokzal (avtostansiya) xizmatlarini tashkil etish jarayoni, avtotransport vositalarini qabul qilish va jo‘natish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy ravishda bajariladigan operatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va muntazamliligi.
stansiya hududi — avtovokzalning (avtostansiyaning) avtotransport vositalari jo‘natilishi va kirib kelishi hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatilishi uchun mo‘ljallangan hududi.
2. Avtovokzalning (avtostansiyaning) o‘tkazish imkoniyati bir sutka ichida avtovokzaldan (avtostansiyadan) yo‘nalishga jo‘natilishi mumkin bo‘lgan avtotransport vositalarining jami sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
2-bob. Avtovokzallarga (avtostansiyalarga) qo‘yiladigan umumiy talablar
3. Avtovokzallar (avtostansiyalar) aholi yashash joylarida hamda avtomobil yo‘llari trassalarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va xalqaro, shaharlararo hamda shahar atrofida qatnovchi avtotransport vositalari yo‘nalishlarida ularning harakatini tezkor boshqarish, foydalanish uchun xizmat xonalari va haydovchilarning dam olish xonalarini joylashtirish uchun tashkil etiladi.
4. Mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan mezonlarga muvofiq avtovokzalning toifasi va avtostansiyaning klassi hisobga olingan holda ularning hududida quyidagilar joylashtirilishi lozim:
yo‘lovchilar kutishi uchun mo‘ljallangan binolar va xonalar;
chipta kassalari;
yosh bolali yo‘lovchilarga mo‘ljallangan xonalar;
haydovchilar va yo‘lovchilarning uzoq vaqt dam olishiga mo‘ljallangan mehmonxonalar;
ma’muriyat xonasi;
umumiy ovqatlanish shahobchalari;
tibbiy punktlar;
qo‘l yukini (bagajni) saqlash xonalari;
yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun monitor orqali kuzatish qurilmalari o‘rnatilgan xonalar;
madaniy-maishiy va sanitariya-gigiyena xonalari;
yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish perronlari;
reyslar oralig‘ida avtotransport vositalari to‘xtab turadigan maydonchalar;
texnik ko‘rikdan o‘tkazish va avtotransport vositalari salonlarini tozalash postlari;
shahar yo‘lovchilar transporti (metropolitendan tashqari) kirib kelishi va turishi uchun mo‘ljallangan avtovokzal oldi maydoni;
avtovokzal (avtostansiya) hududi bo‘ylab hamda chiqarish va tushirish perronlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘rindiqli aravachalari uchun mo‘ljallangan yo‘llar;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘rindiqli aravachalar bilan chiqarish va tushirish uchun mo‘ljallangan joylar.
5. Yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtovokzal (avtostansiya) hududi bo‘yicha to‘siqlar hamda yo‘lovchilarning kutish zallarida, chipta kassalarida va yo‘lovchilar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda videokuzatish kameralari o‘rnatiladi.
6. Avtovokzallarga kirish va chiqish joylarida yo‘lovchilar hamda ularning qo‘l yukini (bagajini) tekshirish uchun turg‘un metall detektorlar bilan jihozlangan tekshirish postlari tashkil etiladi.
7. Avtovokzallarning toifalari va avtostansiyalarning klasslarini aniqlash mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda.Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli yuqori talabga ega hisoblanadi.2022- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 64,0 % ga yetdi. Taqqoslash uchun2021- yil yanvar-mart oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 68,6 % ni tashkil etgan.

Yüklə 359,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin