Tasdiqlangan Nizomga muvofiq: vakolatli organlar tenderga qo‘yiladigan yo‘nalishlar ro‘yxatini axborot tizimiga kiritadi;
tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi;
qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi va tender g‘olibi aniqlanadi;
tender g‘olibiga shartnoma va guvohnomalar elektron tarzda axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
2022 - yil 1 - iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.