Yo’lovchi tashish vakzallari va stansiyalari



Yüklə 359,23 Kb.
səhifə1/6
tarix20.04.2023
ölçüsü359,23 Kb.
#125652
  1   2   3   4   5   6
7-mavzu


Yo’lovchi tashish vakzallari va stansiyalari.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ ning oldida yo‘lovchilar tashishda servis xizmatlarini takomillashtirish, yo‘lovchilarning ehtiyojlarini qondirish, tashishning yangi servis xizmatlarini joriy qilish, amaldagi xizmat turlarini saqlab qolish orqali yo‘lovchilar oqim zichligini yanada oshirish vazifalari mavjud. Yo‘lovchilar o‘z manzillariga chipta sotib olib yo‘lovchi poyezdga chiqishdan, boradigan manziliga yetib olguniga qadar: ya'ni, harakat vaqtining barcha bosqichlarida xizmat sifati va yo‘lovchilarning ehtiyojlari o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikka erishish zarurati paydo bo‘ladi.


Barcha transport sohasi va yo‘lovchilar manfaatlari uchun ishlab chiqilgan marketing tadqiqotlarini o‘tkazishdan kelib chiqadigan ma’lumotlardan samarali foydalanish alohida ahamiyatga ega. Transport xizmatlari bozorida marketingga umumiy yondashuvni qo‘llash yo‘lovchilarning odatda keng qamrovli transport turlari avtomobil, havo transporti xizmatlariga qiziqishi bilan bog‘liq bo‘lib, yo‘lovchilarga manzillariga yetib olishida qulayliklar yaratilishi uchun temir yo‘l boshqa transport turlari bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yo‘lovchi tashish marketingining eng muhim elementlaridan biri transport turlari imkoniyatlarini o‘rganishdir. Buning uchun birlamchi va ikkilamchi darajali ma’lumotlar ishlatiladi. Birlamchi ma’lumotlar yo‘lovchi tashish transporti servis xizmatlari sifati qanoatlantirilganligi darajasini baholashni shakllantirish jarayonida bevosita yo‘lovchilardan olinadigan ma’lumotlar. Ikkilamchi ma’lumotlar turli xil hisob va statistik tahlillar qilingan hujjatlarda mavjud bo‘lib ular temir yo‘l tuzilmalari va mintaqaviy sub’ektlarning ixtiyorida bo‘ladi.
I Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish indekslarini aniqlash tartiblari Temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashishni amalga oshirishda boshqa transport vositalari bilan sog‘lom raqobatning turli shakllarini faollashtirish va yo‘lovchilarga barqaror foydalanish imtiyozlarini shakllantirishga yordam berib, temir yo‘llarning boshqa transport vositalari bilan raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan transport turlari faoliyatini o‘zaro bir biriga uzviy bog‘liqlikda tashkillashtirish yo‘lovchilarning manzillariga yetib borish vaqtini qisqartiradi va ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini sifatini oshiradi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ da yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatishdan yo‘lovchilarning qanoatlanish darajasini yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishningindekslari orqali aniqlash mumkin. Servis xizmat ko‘rsatish indekslari 1-rasmda keltirilgan.

Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga servis xizmat ko‘rsatish indekslar Belgilangan me’zonlarga temir yo‘l transporti orqali ko‘rsatiladigan servis xizmatlaridan yo‘lovchilarning qoniqish indeksini quyidagi formulaga asosan aniqlanadi.
K o rt iy   ' (1) bu yerda Kiy  ballardagi mezonlarga muvofiq qoniqish darajasi; Ao'rt  belgilangan omillardan qoniqishning o‘rtacha qiymati, ballarda; n  belgilangan mezon ichidagi omillar soni, ballarda. Belgilangan barcha me’zonlarga asosan temir yo‘l transporti orqali ko‘rsatiladigan servis xizmatlaridan yo‘lovchilarning o‘rtacha qoniqish indeksini quyidagi formulaga asosan aniqlanadi. n K K iy y   (2) bu yerda Ky  ballardagi barcha mezonlarga muvofiq o‘rtacha qanoatlanish darajasi; Kiy  belgilangan omillardan qoniqishning o‘rtacha qiymati, ballarda; n  belgilangan mezon ichidagi omillar soni, ballarda; i me’zonlar turi; n me’zonlarning umumiy soni. Belgilangan barcha me’zonlarga asosan temir yo‘l transporti orqali ko‘rsatiladigan servis xizmatlaridan yo‘lovchilarning o‘rtacha qoniqish indeksini foizlarda quyidagi formulaga asosan aniqlanadi.
K y y 100% (%)   (3) bu yerda Ky  yo‘lovchilarning qanoatlanish darajasi, foizlarda; Ky  belgilangan omillardan qoniqishning o‘rtacha qiymati, ballarda; X  belgilangan mezonlarni baholashga ajratilgan maksimal ball. Yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan temir yo‘l transporti bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni quyida keltirilgan me’zonlarga muvofiq baholash taklif etiladi [2]: xizmatlarning mavjudliligi: biletni sotib olish tartibi, yo‘lovchi poyezdi va uning tarkibidagi vagonlardagi kerakli xususiyatlarga ega biletlarning mavjudligi; xizmatlar darajasi: vagonlarning sanitariya va tozalik holati, oziq-ovqat bilan ta’minlanishi, vagonlarning ichki holati, choyshablar va aksessuarlar bilan ta’minlanganligi, harakat xavfsizligini ta’minlash, “xizmat sifati narxi” nisbati va boshqalar.

Yüklə 359,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin