Yon chiziq qarindosh bo’lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi


-§. Otalikni sud tartibida belgilash



Yüklə 25,11 Kb.
səhifə4/8
tarix05.10.2023
ölçüsü25,11 Kb.
#129734
1   2   3   4   5   6   7   8
5 mavzu Oila huquqi

3-§. Otalikni sud tartibida belgilash
Otalik hamma vaqt ham ihtiyoriy ravishda belgilanavermaydi. Nikohsiz tug’ilgan bolaning otasi undan voz kechib, otalikni qayd etishni inkor etadigan hollarda ham bo’ladi. Bunday holatda bolalar manfaatini himoya qilib, sud tartibida otalikni belgilashga yo’l qo’yiladi. Oila kodeksining 62-moddasiga binoan otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yohud bola kimning qaramog’ida bo’lsa, shu shahsning arizasiga, shuningdek bola voyaga yetganidan keyin uning o’zi bergan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Otalikni belgilash bilan bog’liq masalalar da’vo ishini yuritish tartibida ko’riladi. Sud otalikni belgilash vaqtida javobgarning bolaning otasi ekanligini aniq tasdiqlovchi dalillarga asoslanadi.
Otalikni belgilashda sudlar amaldagi qonunlar bilan birga O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2001 yil 1 iyundagi "Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko’rishda sudlar tomonidan qonunlarning tatbiq etilishi to’g’risida"1[109] chiqargan Plenum qaroriga asosan to’g’ri hal qilmoqdalar.
Qarorda ko’rsatilishicha, "Otalikni belgilash, otalik fakti va otalikni tan olganlik fakti tushunchalarini sud amaliyotida farqlash olish zarur.
Otalikni sud tartibida belgilash - 1968 yilning 1 oktyabridan keyin tug’ilgan bolalarga nisbatan otasi deb tahmin qilinayotgan shahs hayot bo’lgandagina yo’l qo’yilishi tushuniladi va bunday talablar da’vo yuritish tartibida hal etiladi.
Otalik faktini belgilash - 1968 yilning 1 oktyabridan keyin tug’ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi, deb tahmin qilinadigan shahs vafot etgan taqdirda manfaatdor shahsning arizasi bilan qo’zg’atilgan ish tushuniladi va bunday talab alohida ish yurituv tartibida ko’riladi. Mazkur faktni belgilash jarayonida manfaatdor shahslar o’rtasida nizo (meros, boquvchisini yo’qotganlik hollarida) kelib chiqsa, u holda ariza sudda ko’rilmasdan qoldiriladi va manfaatdor shahslarga umumiy asoslarda da’vo qo’zg’atish huquqlari tushuntiriladi.
Bunday fakt aniq ish holatlarini inobatga olgan holda bolaning onasi homilador bo’lgan davrda o’zini tug’ilajak farzandining otasi deb tan olgan shahs vafotidan so’ng tug’ilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Otalikni tan olganlik fakti - 1968 yilning 1 oktyabrigacha tug’ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi deb tahmin qilinadigan shahs vafot etgan taqdirdagina manfaatdor shahsning arizasiga binoan qo’zg’atilgan ish tushuniladi va bunday ariza alohida ish yuritish tartibida ko’riladi. Bunday bolalarga nisbatan otalik sud tartibida belgilashga yo’l qo’yilmaydi2[110].
Oila kodeksining 62-moddasiga muvofiq bunday dalillarga quyidagilar kiradi: bolaning onasi bola tug’ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro’zg’or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yohud ta’minlab turganliklarini, yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillar.
Amaldagi qonunda sanab o’tilgan holatlar erkak va ayol o’rtasidagi munosabatda amaliy oilaviy munosabatni nazarga olmasdan, faqat asosida qonuniy oila qurishga qaratilgan maqsad bo’lishligini qo’riqlaydi.
SHu bilan birga otalikni belgilashda sanab o’tilgan barcha holatlarning birgalikda bo’lishi talab etilmaydi, balki ulardan faqat birortasi bo’lsa ham kifoya.
A) Bolaning onasi bola tug’ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro’zg’or yuritganligi. Ushbu holatda bolaning ota-onasi doimo birga turganligi e’tiborga olinib, qoida bo’yicha onaning homiladorlik davrida umumiy-ro’zg’or ishlarini birgalikda olib borganliklari nazarda tutilib, birgalikdagi daromadlar va harajatlar, uy-ro’zg’or buyumlarini olishlik, turmushda o’zaro yordam va boshqalar tushuniladi (ba’zi vaqtda ular bir turar joyda yashamasliklari ham mumkin). Masalan, talabalar yoki yosh hodimlar har hil yotoqhonalarda yoki honalarda yashasalarda katta bo’lmagan umumiy "uy ho’jaligiga" ega bo’lishlari mumkin. Muhimi shundaki, bolaning onasi va javobgar o’rtasidagi oilaviy-maishiy aloqalar bola tug’ilganiga qadar, aniqrog’i ona homilador bo’lishi davrida bo’lishi lozim. agar bu aloqalar bola paydo bo’lguniga qadar tugagan bo’lsa, ular otalikni o’rnatish uchun asos bo’la olmaydi.
B) Ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yohud ta’minlab turganliklari. Agar birinchi shart ikki zarur fakt - birga yashash va umumiy ro’zg’or yuritishning qo’shilishidan tarkib topgan bo’lsa, ikkinchi shart esa faqat bolani birgalikda tarbiyalaganlik yohud ta’minlab turganlik holatlarini o’z ichiga oladi. Bolani tarbiyalash uni ta’minlash bilan birga bo’lmasligi ham mumkin. Bu faqat otasi tomonidan bo’lmasdan (u oliy o’quv yurtida o’qiydi), onasi tomonidan ham bo’lishi mumkin, masalan, agar onani va uning bolasini ota-onasi ta’minlab turgan bo’lsa (buva va buvi). Otalikni belgilash nizosini ko’rishda sud uchun otani bolani tarbiyalashda ishtirok etganligi yetarlidir. Teng asosda faqat ta’minotni berishlik (tarbiyalashda ishtirok etmasa ham) otalikni belgilash uchun yetarlidir. Biroq bolaning onasi uchun berilgan har qanday moddiy yordam ha otalikni isbotlash uchun tegishli asos bo’la olmaydi (moddiy yordam bolaning onasi bilan samimiy munosabatda bo’lgan do’stining hotirasi uchun berilgan yordam ham bo’lishi mumkin. Moddiy jihatdan ta’minlab yurgan shahs bola o’ziniki ekanligini bilishi va bolaning otasi sifatida harakat qilishi lozim. Ta’minot berayotgan shahs bola o’z farzandi va u ota sifatida harakat qilayotganligini bilishi lozim.
Qoida bo’yicha ta’minot deganda bolaning doimiy ta’minoti uchun vaqti-vaqti bilan berib turilgan moddiy yordam tushuniladi.
Otalikni sud tartibida belgilash huquqi da’vo muddati bilan o’tib ketmaydi, shuning uchun qancha vaqt o’tmaslik, bu to’g’risida da’vo qilish mumkin.
V) Javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga olish.
Bu asosning oldingilaridan farqi Shundan iboratki, javobgar otalikni rad etsa ham, otalikni tasdiqlovchi ob’ektiv faktlar mavjud bo’ladi. Javobgar tomonidan otalikni tan olishlik sub’ektiv (ya’ni ongli va erkli) holat bo’lib, ma’lum harakatlarda ifodalanadi: so’zlab berish, hatlar va hujjatlarda bunda ehtimol qilinayotgan ota o’z bolasi ekanligini tan oladi. Bunday tan olishlik onaning homiladorlik davrida, shuningdek bola tug’ilgandan keyin ham bo’lishi mumkin. Uning qarindosh-urug’lar, do’stlar, qo’ni-qo’shnilar, birga ishlovchilar va mansabdor shahslar bilan bo’lgan suhbatlarda bolaning otasi ekanligini tan olishi javobgar tomonidan otalikni tan oluvchi dalil bo’lib hisoblanadi.
Otalikni belgilash ishlari da’vo ishini yurgizish va alohida tartibda ko’riladi.
Ishda ishtirok etish uchun ariza beruvchi, bolaning onasi yoki uning vasiysi va manfaatlar fuqarolar hamda tashkilotlar jalb etilishi mumkin. O’lganning hatini va qarindosh-urug’lari manfaatdor shahslar bo’lib hisoblanadi.



Yüklə 25,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin