Yon chiziq qarindosh bo’lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi


-§. Ota-onaning arizasi bo’yicha bolaning nasl-nasabini belgilash



Yüklə 25,11 Kb.
səhifə3/8
tarix05.10.2023
ölçüsü25,11 Kb.
#129734
1   2   3   4   5   6   7   8
5 mavzu Oila huquqi

2-§. Ota-onaning arizasi bo’yicha bolaning nasl-nasabini belgilash

Amaldagi qonunlarga asosan ayrim hollarda ota-onalar o’zaro yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan nikohda bo’lmasalar, u holda qonun bilan belgilangan tartibda o’z huquq va majburiyatlarini ihtiyoriy ravishda bajara olishlari mumkin.


Oila kodeksi 61-moddasining 1-qismiga muvofiq bolaning onasi bilan nikohda bo’lmagan shahsning otaligi o’zining bolaning otasi deb tan olgan shahs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.
Otalikni tan olish bolaning onasi bilan nikoh tuzish vaqtida ham bo’lishi mumkin. Bunday holatda otalikni qayd etishga faqat uning roziligi bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. Bolaning ota-onasini boshqa shahslar bilan nikohda bo’lishi otalikni ihtiyoriylik tan olish uchun to’siq bo’lmaydi.
Nikohdan tashqari tug’ilgan bolaga nisbatan faqatgina muomala layoqatiga ega bo’lgan fuqaro tomonidan emas, voyaga yetmagan shahs tomonidan ham otalikni tan olish mumkin. Ammo bu to’g’risida qonunda aniq qoida belgilanmagan. Qonun oldiga qo’yilgan maqsad voyaga yetmaganlarning otaligi va onaligini belgilab, favqulodda hollarda ularga nikoh tuzish uchun yo’l qo’yib, alohida holatlarda ularga nikoh yoshini kamaytirish uchun imkon yaratishdan iborat. Biroq yoshi 17 yoshdan kam bo’lmagan shahsning otaligi tan olinishi mumkin, chunki nikoh yoshi kamaytirilganda shunga to’g’ri keladi. Otalikni tan olish qat’iy bo’lib hisoblanadi. U to’g’risida nizolashishga faqat sud tartibida yo’l qo’yiladi.
Otalikni tan olishlik ota va bola o’rtasida, shuningdek bolaning ota tomonidan qarindoshlari bilan huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi.
Otalikni ihtiyoriy tan olishlikda faqat otaning roziligi yetarli emas. Odatda buning uchun ona ham o’z roziligini bildirsa, ota va bola o’rtasida huquqiy munosabat vujudga keladi.
Oila kodeksi 61-moddasining 3-bandiga asosan, bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa, vasiylik va homiylik organining ruhsati bilan otalikni belgilash to’g’risidagi arizani uning nomidan homiysi berishi mumkin.
Otalikni belgilash to’g’risidagi ariza bolaning tug’ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tug’ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar er-xotin bola tug’ilgandan so’ng otalikni belgilash to’g’risida birgalikda ariza berishining imkoni bo’lmay qolishi yoki mushkul bo’lishni ko’rsatuvchi asoslar mavjud bo’lsa, tug’ilajak bolaning o’zaro nikohda bo’lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida ham fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.
Otalikni belgilash rad etilganda, o’zini bolaning otasi deb tan olgan shahs sudga shikoyat qilishi mumkin.



Yüklə 25,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin